O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

2020 yili ham “Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat filiali ko‘plab xayriya ishlarini rejalashtirmoqda

 
 

2018 yil 16 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti tomonidan “Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” imzolangan farmonda O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzurida “Vaqf” xayriya jamoat fondini tashkil etilib, shu yil 12 may kuni Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan edi. O‘tgan davr mobaynida fond tomonidan muhtoj, bemor, uysiz, qarovchisi yo‘q yoshi ulug‘larga, ko‘zi ojizlar va nogironlar jamiyatlariga moddiy yordam ko‘rsatib kelmoqda.

2020 yil boshlanishi bilan “Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat filiali ham xayriya tadbirlarini boshlab yubordilar. Jumladan, Urgut tumani “Mahmatqul hoji” jome masjidi imom xatibi Nabiyev Shuhrat domlaning oilasiga 4 000 000 (to‘rt million) so‘m va oziq ovqat mahsulotlari modiy yordam sifatida taqdim etildi. Shuhrat domla  2019 yil 25 dekabr kuni avtohalokat sababli vafot etgan edi. Fondning Samarqand viloyat filiali rahbar o‘rinbosari Aziz Sultonov ushbu oiladan hol-ahvol so‘rab, moddiy yordam sertifikatini ularga topshirdi.

Shuningdek,  Ishtixon tumani Orlot mahallasida yashovchi, hozirgi kunda bemorlikka chalingan shaxsning holidan xabar olish hamda uning yashash sharoitini yaxshilanishiga ko‘maklashish va moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida Xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat filiali rahbar o‘rinbosari A.Sultonovning tashabbusi bilan homiylar va Samarqand tuman “Xo‘ja Ahror Valiy” ziyoraitgohi rahbari B.Sharipovlar tomonidan ushbu xonadonga palas-gilam, ko‘mir pechkasi, bemor qizlariga yangi karovot, bir dona eshik va ikkita Akfa romlari o‘rnatib berildi.  Bundan tashqari fond tomonidan bemor nomida bo‘lgan plastik kartaga 3 000 000 (uch million) so‘m moddiy yordam berildi.

Samarqand shahar “Qarshi yo‘li” mahallasida Fond tasarrufidagi “Murod avliyo” jome masjidi mutasaddilari tomonidan mahalla hududida istiqomat qilayotgan bir guruh bemorlar holidan xabar olinib, ularga 1000000 (bir million) so‘m miqdoridagi oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat ehson tarqatildi.

Fond xodimlari hamda xayriya ishlariga hissa qo‘shayotgan barcha ehsonparvar kishilarga Alloh taolo ulkan ajru-savoblarni ato qilsin!

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 13/01/2020 15:02;   Ko‘rilganligi: 1244
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/2020-yili-ham-vaqf-xayriya-jamoat-fondi-samarqand-viloyat-filiali-koplab-xayriya-ishlarini-rejalashtirmoqda
Chop etilgan vaqti: 18/04/2024 07:27
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing