O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Xorijdan qaytib kelganlar bugun nima bilan band?

 
 

Imom-xatiblar, mahalla faollari va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan barcha mahallalarda xorijga ishlash va o‘qishga ketib, O‘zbekistonga qaytib kelgan yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazilmoqda. Suhbat jarayonida ularning xorijdagi safari, hozirgi turmush sharoiti, mavjud muammolari o‘rganilib, mutasaddi idoralar vakillari bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tishini ta'minlash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratish, bilimlarini oshirish, bandligini ta'minlash bo‘yicha ham zaruriy ishlar amalga oshirilmoqda.

         Ishtixon tuman bosh imom-xatibi A.Yaqubov va tumandagi barcha imom-xatiblar  uzoq muddat xorijda bo‘lib qaytgan fuqarolar bilan uchrashib, ularning safar ta'surotlari, hozirgi yashash tarzi, tug‘ilib o‘sgan vatani, dinimiz, milliyligimizga  sadoqatli bo‘lish borasida tushunchalar berib kelmoqda.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 09/12/2019 14:43;   Ko‘rilganligi: 199
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/events/xorijdan-qaytib-kelganlar-bugun-nima-bilan-band
Chop etilgan vaqti: 30/05/2020 19:36
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing