O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Safar oldi mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi tashabbusi bilan Umra ziyoratiga boruvchilarga safar oldi mashg‘ulotlari o‘tkazish odat tusiga kirgan. Ziyoratchilar guruhiga biriktirilgan guruh rahbari ular bilan bir necha marta uchrashib, ziyorat va safarning shartlari va odoblari, mehmonxona va aeroportlarda o‘rnatilgan tartiblar haqida tushunchalar berib boradi. 30 dekabr kuni muborak safarga yo‘l oladigan ziyoratchilarning bir guruhiga boshchilik qiluvchi A. Murodov hamsafarlari bilan uchrashib, zaruriy ko‘rsatma va tavsiyalarni berdi hamda ular uchun taqdim etilgan safar anjomlarini ulashdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 26/12/2019 15:05;   Ko‘rilganligi: 151
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/events/safar-oldi-mashgulotlari-otkazilmoqda
Chop etilgan vaqti: 31/05/2020 21:56
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing