O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

ILMNI YETKAZISH FAZLILATLI AMAL

 
 

Hozirgi imom-xatib nafaqat masjidda jamoatga namoz o‘qib berishi, ma'raka marosimlarda ishtirok etishi, balki aholi, ayniqsa yoshlarning ta'lim tarbiya, odobu axloq, dunyoqarashining to‘g‘ri shakllanishida o‘z hissasini qo‘shib bormog‘i lozim.

Toyloq tumani “Jumabozor” jome masjidi imom xatibi Samariddin Abulsaidov ham o‘zining diniy sohadagi o‘n besh yillik sermahsul faoliyati davomida egallagan ilmini xalqqa yetkazish, ularning diniy-ma'rifiy savodxonligini shakllantirishda xolis xizmat qilib kelmoqda. Tumandagi 30-maktabda bo‘lib o‘tgan tadbirda ham Samariddin domla o‘quvchilarga  ustozning hurmati, o‘quvchi odobi, ilmning fazilati mavzularida tushunchalar berdi. Domla har haftaning juma kuni tumandagi ta'lim maskanlariga borib, o‘quvchi yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazishni o‘z rejasiga kiritgan. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak hadislarida  Mendan bir oyat bo‘lsa ham yetkazinglar, deb marhamat qilganlar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 09/10/2019 11:19;   Ko‘rilganligi: 250
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/events/ilmni-etkazish-fazlilatli-amal
Chop etilgan vaqti: 27/05/2020 11:13
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing