Axborot xizmati

Samarqandlik hojilar Madina shahridagi diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilishdi

Viloyatimiz hojilari Madinai Munavvara shahridagi joylashgan Uhud tog‘i, Shahidlar maydoni, Qubo masjidi, Qiblatayn masjidi va boshqa diqqatga sazovor joylarni ziyorat qildilar. Ziyoratchilar tashkil etilgan sayohatdan katta taassurotlar bilan Yaratganga shukronalik kayfiyatida ziyoratlarini davom ettirmoqdalar.

 

Samarqanddan 229 kishi Haj ziyoratiga jo‘nab ketdi

Viloyatimizdan Muqaddas Haj safariga otlangan ziyoratchilarning 229 kishidan iborat dastlabki guruhi bugun erta tongdan “Samarqand” xalqaro aeroporti orqali Saudiya Arabistonining Madina shahriga jo‘nab ketdi.

 

"ENG MA'RIFATLI IMOM-2019" TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Bugungi taraqqiyot talablariga javob beradigan, kuchli ilmiy salohiyatga ega, yuqori kasbiy mahorat sohibi bo‘lgan, tashabbuskor, ilg‘or fikrli, innovatsion g‘oyalar muallifi, tadbirkor. Ishbilarmon, zamon axborot texnologiyalaridan yetarlicha foydalana oladigan va keng xalq ommasiga o‘z fikrini yetkazish qobiliyatiga ega bo‘lgan eng iqtidorli, faol imom xatiblarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha rag‘batlantirish maqsadida har yili O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi imom xatiblar o‘rtasida “Eng ma'rifatli imom” tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. Bugun 24 iyulb kuni Samarqand viloyatining tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 16 nafar imom xatib va imom noiblari ishtirokida viloyat bosqichining  “Eng ma'rifatli imom 2019” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.     

 

ENG MA'RIFATLI IMOM-2019 ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi boshlandi

"Eng ma'rifatli imom 2019" ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi boshlandi.

Ko‘rik tanlovni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili Z.Eshonqulov ochib berdi.

 

IMOM BUXORIYDA O‘QUV SEMINAR BO‘LIB O‘TDI, FOTOKO‘RGAZMA DAVOM ETADI

Turkiyalik taniqli fotograf Orhan Durgut Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida o‘zining fotoko‘rgazmasini tashkil etdi. Fotoko‘rgazma asarlarida dunyoning 60 ta Islom shaharlarining tarixiy bino va muqaddas qadamjolari aks ettirilgan. E'tiborlisi fotograf Imom Buxoriy ilmiy safarlarda bo‘lgan Makka, Madina, Basra, Kufa, Bag‘dod, Damashq, Qaysariya, Asqalon va E'zob shaharlarida bo‘lib, u yerdagi mashhur Islom madaniy meroslarini o‘z ijodida aks ettirgan. Orhan Durgutning fotojamlanmasidan O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, Xorazm, Toshkent, Termiz shaharlarida joylashganmuqaddas qadamjo va ziyoratgohlar xususan, Imom buxoriy yodgorlik majmuasi, Registon ansambli, Shohi Zinda, Ichan Qala, Hakim Termiziy, Xasti Imom, Ko‘hna Ark kabi mashhur tarixiy obidalar va maqbaralar o‘rin olgan.    

 

Urgut tumanida Hajga boruvchilar tashabbusi bilan kutubxona tashkil etildi

Ma'lumki, kutubxonalar qadim-qadimdan insonlar uchun ma'naviyat va ma'rifat o‘chog‘i bo‘lib, inson zoti doim kitoblarga intilib yashab kelgan. Har doim kutubxonalar jamiyat hayotining ajralmas qismi bo‘lgan. Faqat kutubxonalar tufayligina qadimgi qo‘lyozmalar, bosma kitoblar, tarixiy shaxslar haqidagi manbalar bizgacha yetib kelgani hech kimga sir emas. Bir zamonlar dunyoning hech bir joyida o‘qish-yozish bo‘lmaganida musulmon yurtlarda hamma yozishni bilgan. Qo‘lyozma shaklida son-sanoqsiz kitoblar tarqalgan. Ba'zi bir musulmonlar o‘n minglab kitoblarga ega bo‘lganlar. Kutubxonalardan keng foydalanish musulmon diyorlarida yaxshi rasm bo‘lgan. Hozirgi kunimizda dunyoning eng taraqqiy etgan davlatlari muzeylarida, qo‘lyozma xazinalarida eng qadimiy va eng qimmatli qo‘lyozmalar musulmonlarning qo‘lyozmalariekanining o‘zi fikrimizning yorqin dalilidir. 

 

TUMANLARDA BO‘LAJAK HOJILAR BILAN UCHRASHUVLAR BO‘LIB O‘TMOQDA

Xabar berganimzdek “Haj” ziyoratini amalga oshirish istagida bo‘lganlar bilan uchrashib, yoshlar tarbiyasi hamda tinchlik, osoyishtalikni ta'minlashda Hojilar oldida turgan vazifalar yuzasidan ularga tushuntirish ishlari olib borish uchun Viloyat hokimligi, O‘MI Samarqand viloyat vakilligi, “Nuroniy” jamg‘armasi va oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilaridan iborat Viloyat ishchi guruhi tuzilgan edi. Ular tumanlarda bo‘lib, bo‘lajak hojilarga safarga doir zaruriy ko‘rsatmalar berib, fuqarolarning muborak Haj safaridan qaytganlaridan so‘ng ijtimoiy muhofazaga muhtojlar bilan ishlash bo‘yicha tavsiyalar bermoqda. Ushbu tadbirlarda tuman va shahar hokimliklari vakillari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman va shahar bo‘linmalari raislari hamda hududdagi barcha mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, masjid imom xatiblari va otinoyilar ishtirok etmoqda.  

 

DINIY SOHA XODIMLARI UCHUN O‘QUV MASHG‘ULOTLARI BOSHLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 16 apreldagi PF-5416 va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 yanvardagi 25-son qarori asosida Diniy soha xodimlari, shuningdek mazkur sohada faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari, oliy o‘rta maxsus, umumiy o‘rta-ta'lim muassasalarinig sohaga oid pedagog kadrlarini malakasini oshirish kurslarini tashkil etish to‘g‘risidagi ishlab chiqilgan nizom asosida Malaka oshirish kurslari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi  huzuridagi malaka oshirish Markazi hamda Markazning Samarqand, Surxondaryo, Namangan va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy filiallarida tashkil etildi.

 

HOJILAR OLDIDA TURGAN VAZIFALAR

2018 yildan buyon Haj ibodatini ado etib qaytgan hojilar xizmatidan keng miqyosda foydalangan holda  mahallada ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxshilash, yo‘ldan adashganlarni sog‘lom turmush tarziga qaytarish, ularning ijtimoiy moslashuviga yordam berish va  mahalla yig‘inida o‘tkaziladigan xayriya tadbirlarida ishtirok etishi kabi ularning oldiga yangi talablar qo‘yib kelinmoqda.

 

Hadis ilmi maktabida kirish imtihonlari boshlandi

Bugun, 9 iyul kuni Hadis ilmi maktabiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun “Hadis va Mustalahul hadis” hamda “Arab tili” fanlaridan kirish ijodiy imtihoni bo‘lib o‘tmoqda.

Joriy yilning 6 iyul kuni Hadis ilmi maktabiga hujjat topshirgan abituriyentlarga “Hadis ilmi maktabiga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom” talablari bo‘yicha ijodiy imtihon va test sinovlarini o‘tkazish tartib-qoidalarini tushintirish bo‘yicha konsultatsiya o‘tkazilgan edi.

 

Pokiston muftiysi Samarqandga tashrif buyurdi

Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Pokiston Islom Respublikasi bosh muftiysi Muhammad Rofe' Usmoniy bugun, 9 iyul kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Mehmon Samarqandga tashrifining avvalini Imom Buxoriy hazratlarining hokipoklarini ziyorat qilishdan boshladi. Hadis ilmining sultoni, buyuk muhaddis Imom Buxoriy haqlariga tilovat va duolar qilindi. Shundan so‘ng mehmonni Imom Buxoriy majmuasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari qabul qildi. Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Rofe' Usmoniy hafizahullohning O‘zbekiston zaminiga qilgan tashrifi bilan qutlab, yurtimizda olib borilayotgan diniy islohatlar va yangiliklar bilan tanishtirdi. Do‘stona o‘tgan muloqotda tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy soha va ta'lim yo‘nalishida fikr almashishga kelishib oldilar.

 

HADIS ILMI MAKTABIGA KIRISH IMTIHONLARI DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi PF- 5416-son Farmoniga asosan islom dini va hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning boy merosini chuqur o‘rganish, ular tomonidan asos solingan hadis maktablari faoliyatini qayta tiklash va rivojlantirish, ular qoldirgan boy ilmiy merosni o‘rganish, tadqiq qilish orqali xalqimiz va keng jamoatchilikka yetkazish va targ‘ib qilish, xususan hadis va unga doir ilmlarni chuqur o‘zlashtirgan yetuk mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Hadis ilmi maktabi tashkil etilgan edi.

 

Hadis ilmi maktabida 2019-2020 o‘quv yili qabul imtihonlari oldidan konsultatsiya bo‘lib o‘tdi

Bugun 2019 yilning 6 iyul kuni Hadis ilmi maktabida 2019-2020 o‘quv yili qabul imtihonlari oldidan konsultatsiya bo‘lib o‘tdi.

 

XO‘JA ZIYOVUDDIN MASJIDINING BIRINCHI G‘ISHTI QO‘YILDI

Ma'lumki, Paxtachi tumani markazi Ziyovuddin shaharchasida "Xo‘ja Ziyovuddin" masjidi yangidan qayta qurilmoqda. Tuman hokimi M.Xamdamov, tuman prokurori E.Sharipovlar masjidining qurilishiga har tomonlama yordam berish maqsadida qurilish jarayonini ko‘zdan kechirishdi. Shuningdek, Masjidning birinchi g‘ishtini qo‘yib berishdi.

 

OQ MASJID OBOD BO‘LADI

Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Tim qishlog‘ida XVI asrda barpo etilib, davlat muhofazasiga olingan “Oq masjid” (Arab ota) binosi eng chekka hududdagi tarixiy masjidlardan hisoblanadi. Unda namozxonlar kunlik besh vaqt va juma namozlarini ado etib kelishadi. Masjid hamda mahalla faollarining ta’kidlashicha ushbu masjid binosi mavjud namozxonlarning sig‘imi uchun yetarli bo‘lmoqda. Darhaqiqat, bino bugungi kunda ta’mirtalab holatda. Ushbu bino Madaniy meros departamenti Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tasarrufida bo‘lgani bois uni ta’mirlash ishlari faqat mana shu tashkilot orqali amalga oshiriladi. Madaniy meros viloyat boshqarmasi tomonidan 2010 yil 10 iyun, 2016 yil 16 mart kunlari “Oq masjid” binosining holati o‘rganilib, uni ta’mirlash zarurati to‘g‘risida dalolatnoma tuzilgan hamda uning nusxalari tegishli idoralarga yuborilib, ushbu obyektni ta’mirlash uchun loyiha smetalarini tayyorlab berishlari so‘ralgan. Bundan tashqari “Oq masjid” binosi Madaniy meros viloyat boshqarmasi tomonidan 2017-2027 yillarga mo‘ljallangan manzilli ta’mirlash dasturiga kiritilgan va masjid binosini ta’mirlash uchun mablag‘ ajratilishini so‘rab bir necha bor bosh boshqarmaga murojaat yuborilgan.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing