O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Hadislar

HADIS AYTUVCHINING “BIZGA SO‘ZLAB BERDI” YOKI “XABAR QILDI”, “MA'LUM QILDI” DEGAN SO‘ZLARI HAQIDA

 
 

- باب قَوْلِ الْمُحَدِّثِ حَدَّثَنَا وَأَخْبَرَنَا وَأَنْبَأَنَا

4-BOB

HADIS AYTUVCHINING “BIZGA SO‘ZLAB BERDI” YOKI “XABAR QILDI”, “MA'LUM QILDI” DEGAN SO‘ZLARI HAQIDA

 

وَقَالَ لَنَا الْحُمَيْدِيُّ كَانَ عِنْدَ ابْنِ عُيَيْنَةَ حَدَّثَنَا وَأَخْبَرَنَا وَأَنْبَأَنَا وَسَمِعْتُ وَاحِدًا وَقَالَ ابْنُ مَسْعُودٍ حَدَّثَنَا رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَهُوَ الصَّادِقُ الْمَصْدُوقُ وَقَالَ شَقِيقٌ عَنْ عَبْدِ اللَّهِ سَمِعْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَلِمَةً وَقَالَ حُذَيْفَةُ حَدَّثَنَا رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حَدِيثَيْنِ وَقَالَ أَبُو الْعَالِيَةِ عَنْ ابْنِ عَبَّاسٍ عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِيمَا يَرْوِي عَنْ رَبِّهِ وَقَالَ أَنَسٌ عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِيمَا يَرْوِيهِ عَنْ رَبِّهِ عَزَّ وَجَلَّ وَقَالَ أَبُو هُرَيْرَةَ عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَرْوِيهِ عَنْ رَبِّكُمْ عَزَّ وَجَلَّ

 Humaydiy bizga dedi: “Ibn Uyaynaning nazdida “bizga so‘zlab berdi”, “bizga xabar qildi”, “bizga ma'lum qildi”, “eshitdim” degani bir ma'noda bo‘lardi”.

         Ibn Mas'ud roziyallohu anhu: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga aytib berdilar va u zot rost so‘zlaydigan, o‘zlariga ham rost so‘zlanadigan zotdirlar”, degan.

         Shaqiq aytadi: “Abdulloh roziyallohu anhudan: “Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan bir kalima eshitdim”, (degani) rivoyat qilingan”.

         Huzayfa roziyallohu anhu: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga ikki hadis aytib berdilar”, degan.

         Abul Oliya aytadi: “Ibn Abbos roziyallohu anhumoning “Nabiy sollallohu alayhi vasallam Robblaridan qilgan rivoyatlarida...” (degani) rivoyat qilingan”.

         Anas roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilib: “Buni u zot Robblari azza va jalladan rivoyat qiladilar...” degan.

         Abu Hurayra roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilib: “Buni u zot Robbingiz azza va jalladan rivoyat qiladilar...” degan.

(Oltin silsila” turkumidagi “Sahihul Buxoriy” 1-kitobidan)

 (Davomi bor...)


Kiritilgan vaqti: 02/10/2019 14:40;   Ko‘rilganligi: 1392
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/islam/hadiths/hadis-aytuvchining-bizga-sozlab-berdi-yoki-xabar-qildi-malum-qildi-degan-sozlari-haqida
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 20:21
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing