O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Qur'on oyatlari

“Baqara” surasining 17-oyati tafsiri

 
 

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

مَثَلُهُمْ كَمَثَلِ الَّذِي اسْتَوْقَدَ نَارًا فَلَمَّا أَضَاءَتْ مَا حَوْلَهُ ذَهَبَ اللَّهُ بِنُورِهِمْ وَتَرَكَهُمْ فِي ظُلُمَاتٍ لَّا يُبْصِرُونَ (17)

  1. Ular o‘t yoqqan va u endi atrofini yoritganida, Alloh nurlarini ketkazib, qorong‘i zulmatlarda qoldirgan kishilarga o‘xsharlar. Ular ko‘rmaslar.

Ushbu oyati karima munofiqlarning sifatlarini zarbulmasal usulida yanada aniqlashtirmoqda. Misol shulki, bir odam olov yoqdi. Yoqqan olovi endi atrofini yoritgan paytda Alloh taolo u olovning nurini ketkazib, o‘t yoqqan kishi yana qorong‘i zulmatlar ichida qoldi. Haqiqatan ham, munofiqlar kofirlarning ziddi o‘laroq, avval boshdan Islom da'vatini eshitdilar. Islom-iymon kalimalarini nutq qildilar, hatto yaxshigina quloq osdilar, “Iymon keltirdik”, dedilar, ibodat ham qildilar. Keyin esa hammasini tashlab, inkor qilib, kufr, nifoq, shak-shubha zulmatlarida qolib ketdilar.

 

(“Tafsiri Hilol” kitobidan)

   Davomi bor...


Kiritilgan vaqti: 12/09/2019 15:00;   Ko‘rilganligi: 262
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/islam/ayahs/baqara-surasining-17-oyati-tafsiri
Chop etilgan vaqti: 27/05/2020 17:18
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing