O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Qur'on oyatlari

“Baqara” surasining 14-oyati tafsiri

 
 

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

وَإِذَا لَقُواْ الَّذِينَ آمَنُواْ قَالُواْ آمَنَّا وَإِذَا خَلَوْاْ إِلَى شَيَاطِينِهِمْ قَالُواْ إِنَّا مَعَكْمْ إِنَّمَا نَحْنُ مُسْتَهْزِؤُونَ (14)

  1. Qachon iymon keltirganlarni uchratsalar: Iymon keltirdik, – derlar, shaytonlari bilan xoli qolganlarida esa: Albatta, biz sizlar bilanmiz, biz istehzo qilyapmiz, xolos, – derlar. 

Ushbu oyatdan bilinadiki, munofiqlar ikkiyuzlamachi, qo‘rqoq ham bo‘lishadi. Mo‘minlarning davrasiga kirib qolsalar, “Biz ham mo‘min-musulmonmiz, otam falonchi edi, bobom pismadonchi edi, men din uchun u qildim, bu qildim, kelajakda yana ko‘p ishlar qilmoqchiman”, – deb ko‘krakka uradilar. Bor imkoniyatlarini ishga solib, mo‘minlarning ishonchini qozonishga urinadilar. Ammo dillaridagi haqiqatni aytishga qo‘rqoqlik qiladilar. O‘z toifasiga – shaytonlariga yo‘liqqanda esa aslini oshkor etadilar: ularning ta'na-dashnomlarini kutmasdanoq, “Aslida biz sizlar bilan birgamiz, mo‘minlar bilan uchrashganimizning boisi esa ularni bir masxara qilish edi”, – deyishadi.

Munofiqlar “Mo‘minlarning ustidan kulyapmiz”, – deyishadi-yu, lekin o‘zlarining hollaridan xabarlari yo‘q. Chunki kim kimning ustidan kulishi kerakligini Allohning O‘zi yaxshi biladi.

 

(“Tafsiri Hilol” kitobidan)

   Davomi bor...


Kiritilgan vaqti: 09/09/2019 16:54;   Ko‘rilganligi: 1502
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/islam/ayahs/baqara-surasining-14-oyati-tafsiri
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 17:51
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing