O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Umr g‘animatdir

 
 

                                                              

Insonni umri  hisoblidir. Odam bolasini bir kuni o‘tsa  umridan  bir kun kamaygan bo‘ladi.  Islom dini  insoniyat umrni g‘animat bilishga  chaqiradi. Inson  vaqtini behuda o‘tkazsa  o‘z vaqtini qotiliga aylanadi.  

Berilgan umrni g‘animat bilib to‘g‘ri foydalanish kerak. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom aytdilar: (Muslim rivoyati) “ احرص على ما ينفعك “ “Senga foydali bo‘lgan narsaga haris bo‘l.” Insonga berilgan  uzun umrni qadri- qiymati ham  umirni nimaga sarf qilganiga bog‘liq ekan. Payg‘ambarimiz aytdilar: (Termiziy rivoya )       خير الناس من طال عمره و حسن عمله  “ Insonlarni yaxshisi  umri uzun va amali chiroyli  kishidir.” Umrni va vaqtni g‘animat bilish solih amallar bilan  bo‘ladi.

Solih amal : Ota onaga yaxshilik qilish - ibodatdir. Ular bilan  suhbatlashish  soadatdir. Ularga yaqin bo‘lish tavfiqdir.Ularni qalbiga surur bag‘ishlash va  ularni  xursand qilish  dindagi  istiqomatdir. Ota onadan so‘ng ularni do‘stlariga yaxshilik qilish  ota onaga yaxshilik qilish kabidir.                                                                                

Solih amal: Silai rahm qilish -  Rahmonni rozi bo‘lishi va umrni o‘zayishidir. Molni ziyoda bo‘lishi va  vaqtga baraka bo‘lishidir.   Makorimal axloqni namoyon bo‘lishi va muruvvatni zohir  bo‘lishidir.            

Solih amal : Olimlar va solihlar  suhbatida bo‘lish. Chunki bu suhbatlar  ilmi ma'rifatga targ‘ib  qiladi va  yaxshilik eshiklarini  ochadi yomonlik eshiklarini  yopadi. Agar  yomon kimsalar suhbatida  bo‘lsa yomonlikni  o‘rganadi  yomonlik eshiklari ochiladi yaxshilik eshiklari yopiladi.  Xalqimizda  bir maqol bor “ Yaxshiga yo‘liqsang yetarsan murodga,  yomonga yo‘liqsang qolarsan ofatga”. Donishmandlardan biri aytgan ekan “Do‘stingni kimligini aytsang seni kim ekanligingni aytaman” deb.                       

Solih amal:  Ilm o‘rganish  ayniqsa yoshlikda ilm o‘rganish  Ulug‘larimiz aytgan: “ Yoshlikda olingan ilm toshga uyilgan naqsh kabidir”. Agar vaqtimizni behudaga sarflamasdan umrimiz lahzalarini ilm o‘rganishga , yaxshilikka,  foydali va savobli- solih amallarga sarflasak  har bir o‘tkazgan  vaqtimiz bizga bu dunyoda ham u dunyoda ham mukofatlar  va yutuqlar bo‘lib qaytadi inshaalloh!

    Ozod NAZAROV - Pastdarg‘om tuman bosh imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 04/01/2020 09:36;   Ko‘rilganligi: 1119
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/umr-ganimatdir
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 01:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing