O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

To‘ylarimiz haqida o‘ylarimiz

 
 

Ma'lumki, muqaddas dinimiz kishilarni bir-birlari bilan yaxshi muomalada bo‘lishga, hamda taom ulashishga buyuradi. Fazilatli va ixlosmand xalkimiz qadimdan bu sunnatlarga amal qilib keladi. Mana shunday chiroyli sunnatlar jumlasiga nikoh to‘yini ham kiritish mumkin. Nikoh ikki begona, nomaxramni bir-biriga halol qilganni sababli, uni e'lon qilishdir.

Jumhur ulamolar nazdida sunnatdir va bizning urfimizda uni "to‘y" deb yuritiladi.

Paygambarimiz (S.A.V) ning sahobalarga to‘y qilish yuzasidan tavsiyalari qo‘pdir. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Abdurahmon ibn Avf "Ey Allohning Rasuli bir ayolga danak vaznidagi tillo (maxr) berib uylandim", - dedilar. Shunda Paygambarimiz(S.A.V) : "Allox senga baraka bersin! Bir qo‘y bilan bo‘lsa ham to‘y qilgin",- dedilar.

         Shundan ham xulosa qilishimiz mumkinki, kim uylanadigan bo‘lsa, kuchi yetganicha, o‘zini ortiqcha urintirmasdan to‘y qilib berishi sunnatdir. Paygambarimiz ham uylanganlarida imkonlari boricha to‘y qilib berganlar. U zot Safiya onamizni nikohlariga olganlarida mehmonlarni xurmo va yog‘dan tayyorlanadigan taom bilan mehmon qilganlar.

   Qadimdan katta xursandchilik bo‘lgan to‘yni, biz o‘zimiz uchun jiddiy tashvishga aylantirdik. To‘yga qo‘shimcha  marosimlar, katta sarpolar, unlab tog‘oralar qo‘shdik. Voyaga yetgan o‘g‘lini uylash, qizini uzatishni o‘ylab  otalar o‘zga yurtlarga pul topish maqsadida chiqib ketmoqdalar, sog‘liqlariga putur yetkazib qo‘ymokdalar.Aslida esa dinimiz yengillik dini. Barcha masalada bo‘lgani kabi, to‘y masalasida ham mu'tadil yo‘lni tutish maqsadga muvofiqdir. Ishtixon tumani imom xatibligi binosida o‘tkazilgan tadbir aynan shu masalalarga bag‘ishlandi. Tadbir tuman xokimligi xotin-qizlar qo‘mitasi, FXDYO, targ‘ibot guruhi va ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda tumanda faoliyat yuritayotgan otinoyilar ishtirok etishdi. Barcha otinoyilar bu borada o‘zlarining oldilarida turgan mas'uliyatni yana chuqurroq xis qildilar. To‘y-xashamlarni ihchamlashtirish, dabdababozlikning oldini olish va marhumlar xotirasi bilan bog‘liq marosimlarni tartibli o‘tkazishda uzlarining munosib xissalarini qushadilar.

 O‘MI - Samarqand viloyati bosh otinoyisi N.Temirova


Kiritilgan vaqti: 27/01/2020 16:26;   Ko‘rilganligi: 806
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/toylarimiz-haqida-oylarimiz
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 12:18
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing