O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Жамият

Sadaqaning turlari

 
 

Sadaqaning turlari ko‘p bo‘lib, musulmon inson uni g‘animat bilishi lozim.

      Yo‘ldan adashgan insonga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish sadaqadir. Yo‘ldagi aziyat beradigan narsani olib tashlash sadaqadir. Tili duduq kishining murodu-maqsadini bayon qilib berish ham sadaqadir. Muso alayhissalomning tilida duduqlik bo‘lib, tili tutilib qolar edi. Alloh taolodan bu dardni ketkazishini so‘rab duo qilganida uning duosini mustajob qildi. Bu duduqlik Fir'avn huzurida cho‘g‘ni tanavvul qilishi asorati edi.

Husayin roziyallohu anhuning tilida ham duduqlik bor edi. Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam ; “ Bu duduqlik Husaynga amakisi Musodan meros qolgan”- der edilar.

     Har bir tasbeh, tahlil, takbirlariki undan sadaqani niyat qilsa, sadaqa savobi yozilur.

     Kishi birodarining yuziga tabassum ila qarashi sadaqadir. Daraxt o‘tqazish, ekin ekish, ulardan inson yeydimi, qush yeydimi, qurt-qumursqa yeydimi sadaqa yozilur.

    Foydali ilm o‘rgatish, ariq qazish, odamlar uchun quduq qazish, masjid bino qilish, mus'haf qoldirish, vafotidan keyin ortidan istig‘for aytadigan farzand qoldirish sadaqadir.

 (Imomzoda Muhammad ibn Abu Bakr Samarqandiyning “Shir'atul –islom ila daris-salom” kitobidan).

Mansur Rabbimov - Ishtixon tuman “Zarband” jome masjidi imom xatibi     


Kiritilgan vaqti: 13/12/2019 14:58;   Ko‘rilganligi: 2464
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/society/sadaqaning-turlari
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 08:40
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing