O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Жамият

MENING MAHALLAMDA JINOYAT SODIR BO‘LMASLIGI KERAK

 
 

Jinoyatchilik – insonlarni bir biridan uzoqlashtiradigan, jamiyat birdamligiga rahna sulovchi, rivojlanishning oyog‘iga tushov, yoshlarning ertasini barbod etuvchi illat. Xullas, har qancha yomon ta'rif bo‘lsa shunga loyiq tushuncha.

Viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov, o‘rinbosarlar, vakillik xodimlari va imom xatiblar joylardagi mas'ullar bilan birgalikda aynan ijtimoiy og‘ir ahvoldagi, notinch, turli muammolar iskanjasida qolgan oilalarni aniqlab, ular bilan o‘rganish ishlarini olib bormoqdalar. Har bir imom-xatib masjid hududidagi mahallalar raislari bilan birgalikda bu borada maxsus rejalar ishlab chiqmoqda. O‘tgan hafta davomida 100 dan ziyod shu xildagi xonadonlarga tashrif uyushtirildi va aksariyatining ijobiy hal etilishiga erishildi.

O‘rganishlar natijasida meros masalasida kelisha olmayotgan tug‘ishganlar, er-xotin, qaynona-kelin, qo‘ni-qo‘shnilar orasidagi mojarolar isloh etib borilyapti. Tayinli ishi yo‘q, ichkilikka ro‘ju qo‘ygan, jinoyat qilish ehtimoli borlarga alohida e'tibor qaratilyapti.

O‘z joniga qasd qilishga urunganlar bilan suhbat asnosida ularning ruhiy kechinmalari, qalb iztiroblari tinglanib, ushbu jirkanch ishga undagan sabablar axtarilyapti. Ruhiy-ma'naviy ozuqa berish orqali irodasini mustahkamlab olishiga ko‘maklashilyapti.

Ta'kidlash lozimki, uyma-uy yurgan holda olib borilayotgan o‘rganish ishlari iyjobiy natija bermoqda va talay muammolarni aniqlab, xayrli tarafga bartaraf etishga zamin yaratyapti.

“Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmasligi kerak” degan tuyg‘u amalga oshirilayotgan ishlarning bosh shiori bo‘lmoqda.

 

Muallif: X.Sattarov - O‘MI Samarqand viloyati vakilli o‘rinbosari


Kiritilgan vaqti: 23/09/2019 14:22;   Ko‘rilganligi: 1363
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/society/mening-mahallamda-jinoyat-sodir-bolmasligi-kerak
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 03:15
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing