O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Жамият

BUGUNGI KUNDA ISLOHOTLARDA O‘ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASINING O‘RNI

 
 

Muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining AQSHga qilgan safariga munosabat

“So‘nggi yillardagi o‘zgarishlar natijasida yoshi ulug‘, kesa ayol va erkaklardan diniy idoramizga “Biz Qur'onni o‘zidan o‘qishni xohlaymiz, qayerdan o‘rganamiz” degan talab tushdi. Shunda hukumatga murojaat qilib, madrasalar qoshida pullik kurslar ochildi. U joyda o‘qish muddati uch oy bo‘lib, o‘qish jarayonida tajvid asosida Qur'oni karimni o‘qish va arab tili harflarini o‘rganadilar. Keyingi ikki yil mobaynida 7 mingdan ziyod fuqaro Qur'on o‘qish ta'limotiga ega bo‘ldilar hamda ularga bu haqida sertifikat berildi. Bu davomli bo‘ladi. Bundan tashqari o‘rta maxsus diniy ma'lumotga ega bo‘lgan fuqarolar o‘zlarining bilimlarini yanada oshirishlari uchun hukumat qarori bilan Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida fiqh, aqida, kalom, tasavvuf, hadis maktablari tashkil etildi”, deb aytdi muftiy hazratlari.

Diniy idora hukumat bilan birga harakat qilishi natijasida 20 mingdan ziyod kishi “qora ro‘yxat”dan butunlay chiqarib yuborildi. Endi ularga “Sen ro‘yxatdasan, nima qilayapsan”, degan gaplar bo‘lmaydi. Kuzatuv yo‘q. Lekin bugun ularning oldiga borayotganlar yaxshi niyat bilan, ulardan hol so‘rash uchun bormoqda – “Nima kamchiligingiz bor, qanday yordam qilaylik, ijtimoiy ko‘makka muhtojmisiz?!”. Ularga issiqxonalar qurish, ishga joylashish, mahalla bilan aralashib ketishga ko‘mak berilayapti. Shuni ular ba'zida noto‘g‘ri tushunib qolishmoqda”, - dedi Usmonxon Alimov.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining AQSHga safari va “Amerika ovozi” nashriga bergan intervyulari bugungi kunda mamlakatmizda olib borilayotgan barcha sohadagi islohotlar, xususan diniy sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yana bir bor namoyon etdi. Ushbu islohotlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasining o‘rni va xizmatlarini hamda bu boradagi o‘z pozitsiyasini barchaga ma'lum qildi.


Kiritilgan vaqti: 27/05/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1375
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/society/bugungi-kunda-islohotlarda-ozbekiston-musulmonlari-idorasining-orni
Chop etilgan vaqti: 26/04/2024 04:26
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing