O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Жамият

AYRIM YOSHLARNING KO‘CHADA YURISH ODOBIGA RIOYA QILMYOYOTGANIGA KIM AYBDOR?

 
 

Ko‘chada yurishning ham odoblari bor. Odobsizlik qonunga ham, milliy qadriyatlarimizga ham to‘g‘ri kelmaydi. Hozirgi paytda ba'zi yoshlarning ko‘chada yurish odoblariga rioya qilmasdan, kattalarni hurmat, kichiklarni izzat qilish o‘rniga, ko‘chada odobga zid bo‘lgan ishlarni qilib yurishlari odamni o‘ylantirib qo‘yadi. Aslida fuqaro ko‘chada kamtarona tezlashmay yoki sustlashmay, ohista to‘g‘ri yurishligi odobdandir.

Ko‘chada yotgan o‘tkir tig‘li anjomlar, tosh, shox-shabba kabi, xullas piyoda yoki ulovda yuruvchilarga zarar beradigan, yurishlari uchun xalaqit qiladigan  narsalani bir chetga olib tashlash savobli ish hisoblanadi.

Bir sahobiy Rasululloh alayhissalomdan o‘zini jannatga kiritadigan amalni ixlos bilan so‘radi. Menga jannat yo‘lini ko‘rsating, shuni qilsam, jannatga kiradigan bo‘lay, dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Odamlar yo‘lidagi ozor beruvchi narsani olib tashla”, – dedilar”.

Ko‘chada u yoq-bu yoqqa alanglash, yurgan holida taom yeyishi, pista chaqish, yalangayoq yurish, tuflash, burun qoqish, iflos joylarni bosish, odobsizlikdir. Tupuk va balg‘am ko‘rilsa, usti tuproq bilan yopib o‘tiladi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

Ikki la'nat keltiruvchidan saqlaninglar, dedilar. Odamlar:

Ey Allohning Rasuli, ikki la'nat keltiruvchi nima? dedilar. U zot sollallohu alayhi vasallam:

Odamlarning yo‘liga yoki soya joyiga xalo qilgan, dedilar.

Abu Dovud va Muslim rivoyat qilganlar.

Bu hadisi sharifda ko‘pchilik foyda oladigan joylarni ehtirom qilish, bunday jamoatchilik joylarini ozoda saqlash haqida so‘z bormoqda.

Ro‘paradan kelgan odamlarga salom beriladi, salom berishsa alik olinadi.

Ota, ustozlar, ulug‘ kishilar birga bo‘lsa, ulardan bir ikki qadam orqada, ijozat bersalar, o‘ng yonlarida yuriladi.

 B.Boboxonov - Samarqand shahar “Xo‘ja Nisbatdor” jome masjidi imom xatibi                                                


Kiritilgan vaqti: 10/12/2019 12:31;   Ko‘rilganligi: 3243
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/society/ayrim-yoshlarning-kochada-yurish-odobiga-rioya-qilmayotganiga-kim-aybdor
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 23:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing