Жамият

To‘y-hashamlarni tartibga solish bo‘yicha qaror kuchga kirdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi Kengashlari 14 sentyabr kuni to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan edi.

 

Kiyim – inson ziynati

Inson o‘zining tashqi ko‘rinishi va libosi bilan guzal bo‘lishga hamisha harakat qiladi. Har bir halqning o‘ziga mos, millatini bildirib turadigan kiyimlariga ega. Hozirgi zamonda kiyimlarning halqaro andozalari ham ishlab chiqilgan bo‘lib, buni “kiyinish madaniyati” deb ham atashadi. Kiyimlarga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar,festivallar va tanlovlar o‘tkaziladi.

 

Hayo imon belgisi

Hazrati Ali roziyallohu anhu deydi: Kimda olti xil tabiat jamlangan bo‘lsa, u jahannamdan omon qoladi, jannatga tushadi: Allohni tanib, Unga itoat etsa; shaytonni bilib, unga ergashmasa; haqni anglab, unga taslim bo‘lsa; botilni sezib, undan qochsa; dunyoni tushinib, unga ko‘ngil bermasa; oxiratni o‘ylab, unga hozir tursa”.

 

Giyohvandlik-umr zavoli

Hozirgi kunda insoniyatni tashvishga solayotgan global muammolardan biri giyohvandlikdir. Obod vatanimizda bu jirkanch illatga qarshi keskin choralar ko‘rilishi xaqida qonunlarimizda belgilab qo‘yilgan. Giyohvandlikka ruju qo‘yganlar quyidagi illatlarga chalinadilar. Birinchidan giyohvand kishi o‘z sog‘ligidan ayriladi. Ikkinchidan ularning farzandlari nogiron tug‘iladi. Uchinchidan  oilasidagi bor bisotidan ayrilib, oilaviy tinchligi buziladi, oila porokandalikka yuz tutadi. To‘rtichidan yurt va jamiyat tinchligi va farovonligiga katta zarar yetkazadi. Beshinchidan alal oqibat manqurtga aylanadi va tubsiz jarga qulaydi, ikki dunyoda ham najot topmaydi. Bunday vaziyatga tushishdan Alloh asrasin.

 

Kasb – hunar fazilati

Islom dini o‘zining ilohiy ishoralari bilan bu dunyoda  tinch-omon,  farovon hayot kechirishga, oxiratda saodat ahlidan bo‘lishga da'vat etadi. Albatta Alloh taoloning fazli karamiga erishmoqchi bo‘lgan inson mehnat qilishi, halol kasb–hunar bilan mashg‘ul bo‘lishi lozim.  Bu esa unga najot va baxt keltiradi va  Allohning  roziligini topishiga vasila bo‘ladi. Chunki inson hayoti uchun uy – joy , ulov, oziq – ovqat  va  boshqa ro‘zg‘or anjomlari, kiyim  va liboslarga ehtiyoj sezadi. Ularning barchasi kasb–hunar  va mehnat qilish orqali hosil bo‘ladi.  Zero Payg‘ambar alayhissalom hadisi shariflarida: “Alloh taolo hunarmand bandani sevadi”, deb aytganlar.

 

Badnazarlikning balolari

Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy «Hayo va pokdomonlik» kitobida shunday hikoya qiladi: 
«Payg‘ambar alayhissalom aytadilar: «Begona ayolga qarashlik shayton o‘qlarining ichida zaharlanganidir»
(O‘q tegib o‘ldirmasa-da, zahari albatta qalbni o‘ldiradi).

 

Umrning qadri

Dono xalqimiz umrni oqib o‘tayotgan daryoga o‘xshatadi. Darhaqiqat, yuz yoshga kirgan kishi ham,  dunyoga kelib hech qancha yashamaganligini tan oladi. Bu foniy dunyoning bitmas tuganmas ishlarini oxiriga yetkaza olmaganligidan shikoyat qiladiganlar ham topiladi. Bu ham o‘z yo‘liga, ammo, umr deb atalgan Allohning ulug‘ ne'matini dunyosiga ham, oxiratiga ham foyda keltirmaydigan, bekorchilik, uyqu, yoki bema'ni ishlar bilan mashg‘ul bo‘lib o‘tkazayotgan insonga nima deyish mumkin?  Qiyomatda eng ko‘p savol-javob qilinadigan, har bir nafasi, har bir qadami uchun javob beradigan inson, bu dunyoda bema'no gapni ko‘p gapirgan, bema'no ishga mashg‘ul bo‘lgan kishi ekanligi hadis shariflarda bayon qilingan. Umrning har soniyasini qadriga yetish lozimligi haqida, Ibn Abbos r.a. rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz a.s. marhamat qiladilar: Rasululloh s.a.v. bir odamga nasihat qilib, unga: “Sen besh narsani besh narsadan avval g‘animat bilgin: yoshligingni qariligingdan avval, salomatligingni kasal bo‘lishingdan avval, boyligingni faqir bo‘lishingdan avval, bo‘sh vaqtingni bir ishga mashg‘ul bo‘lmasingdan avval va hayotligingni o‘limingdan avval g‘animat bilgin”. – dedilar (Imom Hokim rivoyati).   

 

Sadaqaning turlari

Sadaqaning turlari ko‘p bo‘lib, musulmon inson uni g‘animat bilishi lozim.

      Yo‘ldan adashgan insonga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish sadaqadir. Yo‘ldagi aziyat beradigan narsani olib tashlash sadaqadir. Tili duduq kishining murodu-maqsadini bayon qilib berish ham sadaqadir. Muso alayhissalomning tilida duduqlik bo‘lib, tili tutilib qolar edi. Alloh taolodan bu dardni ketkazishini so‘rab duo qilganida uning duosini mustajob qildi. Bu duduqlik Fir'avn huzurida cho‘g‘ni tanavvul qilishi asorati edi.

 

AYRIM YOSHLARNING KO‘CHADA YURISH ODOBIGA RIOYA QILMYOYOTGANIGA KIM AYBDOR?

Ko‘chada yurishning ham odoblari bor. Odobsizlik qonunga ham, milliy qadriyatlarimizga ham to‘g‘ri kelmaydi. Hozirgi paytda ba'zi yoshlarning ko‘chada yurish odoblariga rioya qilmasdan, kattalarni hurmat, kichiklarni izzat qilish o‘rniga, ko‘chada odobga zid bo‘lgan ishlarni qilib yurishlari odamni o‘ylantirib qo‘yadi. Aslida fuqaro ko‘chada kamtarona tezlashmay yoki sustlashmay, ohista to‘g‘ri yurishligi odobdandir.

 

Do‘st tanlash odobi

Inson uchun mashaqqatli ishlardan biri, bu do‘st tanlashdir. Halqimizda “Do‘sting kimligini aytsang, sening kimligingni aytib beraman” degan naql bor. Demak, do‘st tanlashda e'tiborli bo‘lish lozim ekan. Hozirgi kunda o‘zini do‘st deb atayotgan kimsalar o‘zlarining asl maqsadlarini yashiradilar. Buning misolini ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab uchratish mumkin. Ommaviy madaniyatni targ‘ib qilayotganlar yoshlarga ko‘proq e'tiborlarini qaratishmoqda. Kishiga, ayniqsa, u yosh bo‘lsa, do‘st va suhbatdoshlarning ta'siri o‘tadi. E'tiqodi buzuq bo‘lgan kishilar bilan do‘stlashish oqibati pushaymonlikdir.

   Yoshlarni yomon hulqli, badniyat kishilardan himoya qilish ota-ona va barchamizning burchimizdir. Yaxshi do‘st tanlashda yoshlarimizga o‘rnak va ko‘makdosh bo‘lishimiz zarur.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing