O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Сийрат

Sog‘inganim Rasulim

 
 

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Assalomu alaykum, «Islom.uz» portali mas'ul xodimlari. Anchadan beri o‘ylab yurgan niyatimni amalga oshirish maqsadida dil izxorimni yozishga qaror qildim.

Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam butun borliq avvalgi va oxirgi payg‘ambarlarning eng buyugi ya'ni, eng aziz, eng mukarrami, eng muhtarami, eng sevimli insonim. Dunyo yaratilishiga sababchi Robbimning do‘sti, xatto farishtalargada do‘st bo‘la olgan xurmatga loyiq e'zozga munosib insonim. O‘rtamizda bir necha asr vaqt ajratib tursada, sizni qalbim ila tanigan sizga talpingan, nurli diydoringizni bir bor ko‘rish ilinjida har kecha Allohdan iltijo qilib so‘rashni kanda qilmayman. Ravzai muborakni ziyorat qilish baxtini nasb etsin deya yolvorib charchamayman. Har bir giyohda Robbimning qudratini ko‘rsam, oyni ko‘rganimda yanada xayajonim ortadi. Bu oy sizning tug‘ilishingizga, ulg‘ayib o‘sishingizga, payg‘ambarlikning sinovlariyu mashaqqatlariga bari-barisiga shohid. Bu naqadar go‘zal naqadar baxtli, naqadar aziz bo‘ldiki, Robbim qudrati bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘ysungan xolda ikkiga bo‘linib sizning xaq Payg‘ambar ekaningizni tasdiqladi. Oyga har safar qaraganimda o‘sha xodisani eslayman beixtiyor ko‘zimdan sizga bo‘lgan sog‘inchim yosh bilan birga oqib ketadi. Sizdagi zakovat, husni hulq, odob-axloq mukammal hech bir nuqsonsiz chiroyli tarzda biz ummatlaringizga buyuk namuna bo‘lib qolajak. Har safar sizni sog‘insam, ko‘rgim kelsa, ko‘zlarimni yumamanu olis o‘tmishga Madina tuproqlaridan qo‘nim topgan ravzangizga g‘oyibona borib kelaman. Havosidagi mushk xidingizni tuygim, qabringizni oldida soatlab qolib ketgim keladi. O‘rtamizda minglarcha kilometr masofa bo‘lsada, asrlar osha siz bilan ko‘rishishni orzu qilib yashayapman. Ichimdan ko‘nglimning tub-tubidan joy olgan ba'zi hislarimni tariflashga ojizman. Qisqacha to‘xtalib o‘tganim shulardan iborat. Ummatingiz bo‘lib shafoatingiz umidida Saodat Ahmad.

Oydan nurli jamoli

Ko‘kdan tinik timsoli

Nasibmikin visoli

Sog‘inganim Rasulim

Oxiratdan umidim

Jannatdagi Habibim

Yurakdagi orzuim

Sog‘inganim Rasulim

Xayotdagi maqsadim

Yo‘lchi yulduz chaqnagin

Kavsarlarga boshlagin

Sog‘inganim Rasulim

Tushlarimga kirsangiz

Mushtoq bo‘lib kutarman

Nasib etsa yetarman

Sog‘inganim Rasulim

Loyiqmanmi ko‘rmoqqa

Yetarmanmi tilakka

Sog‘ich to‘ldi yurakka

Sog‘inganim Rasulim

Jamolingiz ko‘rsaydim

Diydorizga to‘ysaydim

Mushk hidizdan tuysaydim

Sog‘inganim Rasulim.

Chang bo‘lib tuprok bo‘lib

Oyog‘ingiz quchsaydim

Bir bor ko‘rsaydim

Yo Rab sog‘inganim Rasulim

Muhammad sollallohu alayhi vasallam

Saodat Ahmad

Manba: Islom.uz


Kiritilgan vaqti: 29/10/2019 17:13;   Ko‘rilganligi: 1691
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/siyrah/soginganim-rasulim
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 10:59
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing