Сийрат

Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning farzandlari

   1. Qosim. 597 milodiy yil tug‘ilgan (umri 17 oy)

Onasi: Xadija binti Xuvaylid (roziyallohu  anha)

Tug‘ilgan joyi: Makkai Mukarrama

Vafot etgan joyi: Makkai Mukarrama.

 

  1. Zaynab (roziyallohu anha), 600 milodiy yil tug‘ilgan (umri 31 yosh)

Onasi: Xadija binti Xuvaylid (roziyallohu  anha)

Tug‘ilgan joyi: Makkai Mukarrama

Vafot etgan joyi: Madinai Munavvara (Baqi' qabristoni)

 

  1. Ruqayya (roziyallohu anha), 603 yil tug‘ilgan (umri 22 yosh)

Onasi: Xadija binti Xuvaylid (roziyallohu  anha)

Tug‘ilgan joyi: Makkai Mukarrama

Vafot etgan joyi: Madinai Munavvara  (Baqi' qabristoni)

 

  1. Ummu Kulsum (roziyallohu anha), 604 yil tug‘ilgan (umri 28 yosh)

Onasi: Xadija binti Xuvaylid (roziyallohu  anha)                          

Tug‘ilgan joyi: Makkai Mukarrama

Vafot etgan joyi: Madinai Munavvara (Baqi' qabristoni)

 

  1. Fotima (roziyallohu anha), 605 yil tug‘ilgan (umri 29 yosh)

Onasi: Xadija binti Xuvaylid (roziyallohu  anha)                          

Tug‘ilgan joyi: Makkai Mukarrama                                                  

Vafot etgan joyi: Madinai Munavvara (Baqi' qabristoni)

 

  1. Abdulloh (Toyyib Tohir), tug‘ilgan vaqti - nubuvvatni dastlabki yillari (umri 1 yoshga yaqin)

Onasi: Xadija binti Xuvaylid (roziyallohu  anha)                          

Tug‘ilgan joyi: Makkai Mukarrama                                                    

Vafot etgan joyi: Makkai Mukarrama        

 

  1. Ibrohim, 630 yil tug‘ilgan (umri 18 oy)                                                    

Onasi: Moriya Qibtiyya (roziyallohu  anha).                                           

Tug‘ilgan joyi: Madinai Munavvara                                                          

Vafot etgan joyi: Madinai Munavvara (Baqi' qabristoni)                    

Manbalar asosida tuzuvchi: Ozod NAZAROV - Pastdarg‘om tuman bosh imom-xatibi  

 

Siz mavlidni bilasizmi…?

Hijriy-qamariy hisob bilan Robi'-ul-avval oyining 12-sanasida Alloh taolo insoniyatni jaholat zulmatidan hidoyat nuriga, ma'rifatsizlik botqog‘idan ilmu-irfon halovati sari najot topishining sababchisi bo‘lgan payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollollohu alayhi vasallam dunyoga kelishini iroda qildi. Shu sabab bu oyda ko‘ngillar o‘zgacha zavqu-shavq his qila boshlaydi.

 

Alloh yuborgan buyuk yo‘lboshchi

Alloh taolo cheksiz rahmati sabab insoniyatga ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydigan payg‘ambarlarni yubordi. Payg‘ambarlik ilohiy fazl bo‘lib, Alloh taolo o‘zi xohlagan bandalarini bunga musharraf aylagan. Payg‘ambarlikka na aql, na kasbu mahorat, na ortiqcha ibodat bilan va na meros yo‘li bilan erishib bo‘ladi. Balki, Alloh o‘z bandalaridan xohlaganini tanlab oladi va payg‘ambarlik darajasiga ko‘taradi. Bu darajaga faqatgina Allohning tavfiqiyu ilhomi ila yetishiladi. Alloh taolo payg‘ambarimiz Muhammad (sollalohu alayhi va sallam)ni darajalarini boshqa barcha payg‘ambarlarga nisbatan baland qilgan. Chunki u kishidan ilgari o‘tgan payg‘ambarlar faqat bir qavmga  yuborilgan, payg‘ambarimiz esa butun insoniyatga oxirgi payg‘ambar etib yuborildilar. Alloh  taolo bu haqida payg‘ambarimiznng o‘zlariga xitob qilib aytadiki: “( Ey Muhammad!) Biz Sizni, haqiqatdan, barcha odamlarga xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchi bo‘lgan holingizda (payg‘ambar qilib) yubordik ...” ( Sab'a surasi , 28- oyat).

 

Mavludi sharif muborak!

Hozir biz rabi'ul avval oyida turibmiz. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom Fil (fil voqeasi bo‘lgan) yilida (melodiy 571-yil),  rabi'ul avval oyining (mashhur qavlda) o‘n ikkinchisida Arabiston yarim oroli,  Makka shahri, Quraysh qabilasida tavallud topdi. Bu kunlarda  Payg‘ambarimizga  ko‘proq salovatlar, salomlar, duolar qilishimiz lozim chunki,  Alloh taolo  bu kunlarni   Payg‘ambarimizni tug‘ilishi bilan qadrladi.  Insonlarni  zulmatdan  nurga  va ularni  to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi Payg‘ambarimiz  rostgo‘y Muhammad  sallollohu alayhi vasallam tug‘ildi. Payg‘ambarimizning tug‘ilishi  bandalar uchun Allohni  barakasi va rahmati bo‘ldi.  O‘sha davrlarda  insonlar jaholat  zulumatida yashar edi. Qizlarini tiriklayin ko‘mar, kuchli kuchsizni yeb tugatar, qo‘shni qo‘shniga g‘ayirlik qilar, jamiyatda tarafkashliklar ko‘p  bo‘lib, hayot izdan chiqqan edi.                

 

Tasavvur qilib ko‘ringchi!

Alloh taolo Qur'oni Karimda Nabiy sollallohu alayhi vasallam haqlarida shunday marhamat qilgan:

وَإِنَّكَ لَعَلى خُلُقٍ عَظِيمٍ

“Va albatta, sen ulkan xulqdasan” (Qalam surasi, 4-oyat).

 

Sog‘inganim Rasulim

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

 

Rasulullohda go‘zal o‘rnak bordir

    "Va albatta, sen ulkan xulqdasan" (Qalam. 4) deya O‘z mahbubi Payg‘ambarimizning naqadar chiroyli axloq egasi ekanliklarini ta'kidlagan Alloh taologa beadad hamdlar bo‘lsin.

 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etganlarida, U zot yuvilgan suv qayerga ketgan?

Bugun ulug‘ olim, shayx Muhammad Mutavalliy Sha'roviy haqidagi ibratli bir qissani e'tiboringizga havola qilamiz.

 

Isro va Me'rojga imon keltirishning o‘ziga xos jihatlari

Islom dinimizni pok saqlashda, begona yot aqidalardan tozalashda mujtahid ulamolarimiz, xususan, yurtimizdan yetishib chiqqan ulug‘ alloma Abu Mansur Moturidiy, Makhul Nasafiy, Najmiddin Umar Nasafiy hamda Abu-l-Muin Nasafiyning xizmatlari beqiyosdir. Mazkur ulamolarimizning sa'y harakatlari bilan dinni, usulni, fiqhni, aqidani tushunishda to‘g‘ri va ishonchli yo‘nalish yuzaga keldi. Ushbu ishda dinni noto‘g‘ri talqin qiluvchilar, xilof qiladigan odamlarga to‘g‘ri, sahih javoblar berib, zarba berganlar. Bu borada Alloh taolo Qur'oni karimda marhamat qiladi:

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing