O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Koronavirus yuzasidan shayx Taqiy Usmoniy tavsiyalari

 
 

Zamonamiz allomasi, faqihi, Pokiston diyori sobiq bosh qozisi, muftiy shayx Muhammad Taqiy Usmoniy (hafizahulloh) aytadilar:

“Kecha bir solih kishi telefondan menga aloqaga chiqdi. Men u kishini taniyman. Tushida ko‘p bora Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ziyorat qilib turishi haqida xabarim bor edi. Aytishicha, kechasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tushida ko‘ribdi. Ul zot hozirgi kunda hammani tashvishga solayotgan vabo va boshqa barcha yomonliklardan saqlanish uchun quyidagilarni o‘qishni tavsiya qilibdilar:

1. Fotiha surasini 3 marta;
2. Ixlos surasiini 3 marta;
3. “Hasbunalloohu va ni'mal vakiil (- Bizga Alloh taolo kifoyadir va Ul Zot eng yaxshi vakildir)” duosini 313 marta.

Shayx Muhammad Taqiy Usmoniy (hafizahulloh) tush ko‘rgan kishining gapini aytib bo‘lib shunday dedilar: “To‘g‘ri, tush Qur'oni Karim va hadisi sharifday shar'iy hujjat bo‘lmasa-da, bizga tush orqali biror hushxabar kelsa, odatda unga amal qilish foydadan xoli bo‘lmaydi. Shuning uchun tushni ko‘rgan birodarimiz barchaga manfaatli bo‘lishini umid qilib, mendan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mazkur tavsiyalarini tarqatishimni iltimos qildi. Qaysi bir musulmon mazkur tavsiyalarni astoidil bajarsa, Alloh taolo uni bu “KORONAVIRUS” vabosidan O‘z hifzida saqlashini umid qilamiz. Alloh taolo barchamizni panohida asrasin.

Manba:Muslim.uz


Kiritilgan vaqti: 19/03/2020 11:56;   Ko‘rilganligi: 28
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/articles/koronavirus-yuzasidan-shayx-taqiy-usmoniy-tavsiyalari
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 12:47
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing