O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

HIZBUT-TAHRIR al-ISLOMIY (Tashkilotning nazariy manbaalari)

 
 

 Ta'limot nazariyasi Nabahoniy va uning izdoshi Abdul Qaddim Zallumning “Islom nizomi”, “Islom davlati”, “Xalifalik”, “Islomiy olamga qaynoq nidolar”, “Hizbut-tahrirning tushunchalari”, “Demokratiya-kufr nizomi” va “Siyosiy ong” kitoblarida bayon etilgan.

Ularda G‘arb sivilizatsiyasi va dunyoviy davlat tamoyillari qoralangan, demokratiya, konstitusiya, saylov kabi siyosiy institutlar inkor qilingan holda, turli mamlakatlarda radikal “islom” g‘oyalarini targ‘ib qilish, davlat to‘ntarishi orqali hokimiyatni qo‘lga kiritish hamda xalifalikka asoslangan tuzumni o‘rnatish asosiy maqsad sifatida ilgari suriladi. Shuningdek, “Hizbut-tahrir” o‘zining targ‘ibot-tashviqot ishlarida “Hizbiy uyushma”, “Izzat va Sharaf sari”, “Idoriy to‘plam”, “Xalifalik tushunchalari”, “Manhaj”, “Moliyaviy bozorlardagi beqarorlik”, “Islomiy shaxsiyat” kitoblari va “al-Va'y” jurnali kabi nashrlarga ham asoslanadi.  

Zayniddin Eshonqulov O‘MI - Samarqand viloyat vakili (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 21/01/2020 13:03;   Ko‘rilganligi: 1064
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/hizbut-tahrir-al-islomiy-tashkilotning-nazariy-manbaalari
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 05:35
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing