O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

HIZBUT-TAHRIR al-ISLOMIY (Tashkilotning maqsadi)

 
 

Musulmon mamlakatlarini birlashtiruvchi “xalifalik” davlatini qurishi bosh maqsad deb e'lon qilgan. shu o‘rinda ta'kidlash kerakki, Taqiyiddin Nabahoniy dastavval Falastinda arab millatini ozod qilishni maqsad qilgan bo‘lsa, keyinchalik arab mamlakatlarida “islom davlati”ni barpo etish va boshqa yurtlarga ta'sir o‘tkazishni rejalashtirgan.

Uning bu yo‘nalishdag urinishlari arab mamlakatlarida qattiq qarshilikka uchragan.

Tashkilot g‘oyalari. “Hizbut-tahrir” oqimining asosiy mazusi “Xilofat” (xalifa saylash) masalasi bo‘lib, ularda “Hozirgi kunda musulmonlarning zimmalaridagi dolzarb vazifa xalifa saylashdir, toki ular bu ishni ado etmas ekanlar, ularning boshqa ibodatlari befoydadir”, dkgan g‘oya targ‘ib qilinadi. Bugungi kunda bu da'volik asossiz va noto‘g‘ri ekanini anglab olish nihoyatda muhim.

Zero, Payg‘ambarimiz (alayhis-salom)ning quyidagi hadislarni ularning bu da'volari o‘rinsiz ekaniga dalil bo‘ladi: “Mendan keyin xalifalik o‘ttiz yil bo‘ladi, undan keyin tishlab tortilgan amirlik va podshohliklarga aylanadi”. Bu hadis mo‘jiza sifatida aytilgan hadis edi. Vafotlaridan keyin xalifalik qilgan Abu Bakr , Umar, Usmon va Ali (r.a)larning xalifalik muddatlarini bir-biriga qo‘shsak, yigirma to‘qqiz yil bo‘ladi. Hazrati Alining o‘g‘li Imom Hasan olti oy xalifalik qilgan. Shu bilan o‘ttiz yil to‘liq bo‘lgan.

 Zayniddin Eshonqulov  O‘MI - Samarqand viloyat vakili


Kiritilgan vaqti: 15/01/2020 16:37;   Ko‘rilganligi: 935
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/hizbut-tahrir-al-islomiy-tashkilotning-maqsadi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 05:53
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing