O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Gapirsin

 
 

Qo‘y, nasihatingni,aytma bizlarga,

Bizlarga Haq yo‘lni bilgan gapirsin!

Qur'onu-hadisni bilgan, o‘qigan,

O‘zi shunga amal qilgan, gapirsin!

Til bilan har narsa oson gapirmoq,

Har xil safsatadan bizga lof urmoq,

Sizlargamas bizni bahoni bermoq,

Buni kaltaklar yeb ko‘rgan gapirsin!

 

Yo‘limiz bor, bizlar yo‘lsizlar yemas,

Amal kerak, quruq gap so‘zlar yemas,

Imonu-Islomdan,bas sizlar yemas,

Hayotinda yashab o‘tgan, gapirsin!

 

Nodon mansabparast boshni qotirma!

Bizga kelajakdan quruq lof urma!

Amal qilolmasang,demak, gapirma!

Har sohaga qo‘nmay turgan gapirsin.

 

Chekayapsiz go‘yo, xalqning g‘amini?

Haq bilur, odamni, dil alamini,

O‘rnini bilmaslar, olsin damini!

Bunga farosati yetgan, gapirsin!

 

Sizlargamas, bizga dinni o‘rgatish,

Kimni-kimligini baholash, aytish?!

Sizga qarab qolgan narsamas, bu ish,

O‘qiganmas faqat, uqqan gapirsin!!

 

Sizlardan maslahat so‘ramadik biz,

Haq bilan botilni “o‘ramadik” biz,

Bu yo‘llaringizga unamadik biz,

Bizga Haqni yo‘lin tutgan gapirsin!!!

 

Bas, safsatangizni bizlarga aytmang!

O‘z yo‘lingizdan ham hech ortga qaytmang!

Bizga qanday yashashni ham o‘rgatmang!

Buni hidoyatda yurgan, gapirsin!!!

Jahongirxon Abrorov O‘MI - Samarqand viloyati vakilligi matbuot kotibi


Kiritilgan vaqti: 07/01/2020 09:56;   Ko‘rilganligi: 848
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/gapirsin
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 12:08
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing