O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Фиқҳ

SHOFEIYLIK

 
 

Mazhab asoschisi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris Shofeiydir. Mujtahid olim 767-820 yillarda faoliyat yuritib Misrda vafot etgan. U zot o‘z davrida tarqalib ulgurgan boshqa mazhab vakillarining ta'limotlarini ham puxta o‘zlashtira oldi. Jumladan, Yaman, Bag‘dod olimlaridan, Madinaga safar qilib, molikiylik mazhab asoschisi Molik ibn Anasdan saboq oldi. Shuningdek, Iroq va Kufa shaharlariga kelib mazhabboshi Abu Hanifaning mashhur shogirdlaridan ham ta'lim oldi. Hanafiylik ta'limotini asosan Muhammad ibn Hasan Shayboniydan o‘zlashtirdi.

Imom Shofeiy egallagan ilmlarini umumlashtirgan holda Qur'oni karim, sunna, sahobiylar so‘zlari, qiyos, ra'y, ijmo kabi fiqhiy manbalarni birlashtirib, unga ko‘ra hukm chiqarib o‘zlariga xos yo‘nalish yaratdi. Imom Shofeiy asos solgan shofeiylik mazhabi VIII asr oxiri va IX asrda deyarli barcha arab musulmon davlatlariga tarqalgan. Bu mazhab qator mamlakatlar tomonidan rasmiy mazhablardan biri sifatida foydalaniladi.

Muallif: Z.Eshonqulov – O‘MI Samarqand viloyat vakili, viloyat bosh imom xatibi (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 16/10/2019 17:02;   Ko‘rilganligi: 183
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/articles/fiqh/shofeiylik
Chop etilgan vaqti: 18/01/2020 12:01
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing