O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Фиқҳ

HANBALIYLIK

 
 

Mazhab asochisi Imom Abu Abdulloh Ahmad ibn Muhammad ibn Hanbaldir. Olim Bag‘dod shahrida milodiy 780-yilda tavallud topib, 855 yili vafot etgan. Imom Hanbalning  faoliyati davriga kelib, ilm-fanning barcha sohalari o‘zining eng yuqori bosqichlariga ko‘tarildi. Ayniqsa, Bag‘dod shahri dunyoning yetakchi ilm markaziga aylanib ulgurdi. Kufa, Basra, Makka, Madina, Yaman, Shom, Jazoir kabi o‘nlab shaharlarga safar qilib, boshqa mazhab vakillarining yuzlab ustozlaridan tahsil oldi.

Imom Hanbal Qur'on, sunna, sahobiylar so‘zlari, ijmoga asosiy etibor qaratib, sahobiy qavllarini qiyosdan ustun qo‘yadi. Imom Hanbal asos solgan hanbaliylik mazhabi asosan VIII asr oxiri va IX asr o‘rtalarida tarqalsa-da, faqat ma'lum hududlar bilangina cheklanib qoldi. Uning tarafdorlari Makka,Madina va boshqa arab mamlakatlarida uchraydi. Imom Hanbalning “Musnad” nomli kitobiga jami qirq mingdan ziyod hadislar kiritilgan.

Mana azizlar! Qisqacha bo‘lsa ham eng asosiy to‘rtta fiqhiy mazhablar haqida tushunchaga ega bo‘ldik. Bu to‘rt fiqhiy mazhabning tashkil topishi payg‘ambarimiz (alayhis-salom)dan keyin ikki asr orasida nihoyasiga yetdi. Ulur orasida ba'zi bir-biridan farqli jihatlarning bo‘lishi tabiiy. Lekin, ularning barchasi mujtahid faqih bo‘lganlari uchun barcha musulmonlar ularning mazhablarini haqiqiy, deb tan oladilar. Lekin inson har bir ishda bu mazhablarning faqat bittasigagina ergashishi mumkin, ya'ni bir masalada  u mazhabga, boshqasida bu mazhabga amal qilishi durust emas.

Muallif: Z.Eshonqulov – O‘MI Samarqand viloyat vakili, viloyat bosh imom xatibi (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 17/10/2019 16:54;   Ko‘rilganligi: 152
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/articles/fiqh/hanbaliylik
Chop etilgan vaqti: 18/01/2020 11:50
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing