O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Фиқҳ

Hanafiylik mazhabining o‘ziga xos xususiyatlari

 
 

Mazkur mazhab o‘zining mo‘tadilligi, islom dinining asl mazmun-mohiyatini ifodalab berishi, musulmonlarning o‘zaro hamjihatligida, turli huquqiy muammolar oson hal qilinishida, ba'zida yuzaga keladigan har xil ziddiyatlarni bartaraf etilishida muhim asos bo‘lib kelmoqda.

Hanafiy mazhabi qiyos va istehsonni keng qo‘llaydi. “Istehson” tushunchasi ostida urfga ham alohida e'tibor qaratiladi. Bu esa hayot tarzida milliy urf-odatlar asosiy o‘rin egallaydigan xalqlarning bir qator muammolarini hal etishda muhim hsioblanadi.

Imom A'zam ibodatga doir ko‘plab masalalarda dinmizning ruhiga monand yengillik yo‘lini tutgan. Ularning ayrimlari quyidagilardir:

  • Ruku, rukudan qaytganda va sajda holatlarida bir nafas tin olib turish farz emas, balki vojibdir. Agar farz deyilganda, namozda shoshilib, tin olmagan kishining o‘qigan namozi durust bo‘lmas edi.
  • Imomga iqtido qilgan kishining qiroat qilishi farz emas, balki imom qiroat qilsa iqtido qiluvchilar ham qiroat qilgan hisoblanishadi. Agar iqtido qiluvchilar ham qiroat qilish farz deyilganida, odamlar bir-birlariga, jumladan imomga halaqit berib, namozida chalg‘ib ketgan bo‘lar edi;
  • Tahorat qilishda niyat farz qilinmaydi. Agar niyat farz deyilganda, niyat qilish esidan chiqib qolgan kishining tahorati durust bo‘lmas edi;
  • Zakotni Qur'onda bayon qilingan sakkizta o‘rinlarning hammasiga bo‘lib berish farz emas. Agar sakkiztasining hammasiga zakotni bo‘lib berish farz bo‘lganda, zakot beruvchilarga mashaqqat bo‘lar edi.

Muallif: Z.Eshonqulov – O‘MI Samarqand viloyat vakili, viloyat bosh imom xatibi (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 30/10/2019 17:49;   Ko‘rilganligi: 86
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/articles/fiqh/hanafiylik-mazhabining-oziga-xos-xususiyatlari
Chop etilgan vaqti: 18/01/2020 10:32
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing