Фиқҳ

HANBALIYLIK

Mazhab asochisi Imom Abu Abdulloh Ahmad ibn Muhammad ibn Hanbaldir. Olim Bag‘dod shahrida milodiy 780-yilda tavallud topib, 855 yili vafot etgan. Imom Hanbalning  faoliyati davriga kelib, ilm-fanning barcha sohalari o‘zining eng yuqori bosqichlariga ko‘tarildi. Ayniqsa, Bag‘dod shahri dunyoning yetakchi ilm markaziga aylanib ulgurdi. Kufa, Basra, Makka, Madina, Yaman, Shom, Jazoir kabi o‘nlab shaharlarga safar qilib, boshqa mazhab vakillarining yuzlab ustozlaridan tahsil oldi.

 

SHOFEIYLIK

Mazhab asoschisi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris Shofeiydir. Mujtahid olim 767-820 yillarda faoliyat yuritib Misrda vafot etgan. U zot o‘z davrida tarqalib ulgurgan boshqa mazhab vakillarining ta'limotlarini ham puxta o‘zlashtira oldi. Jumladan, Yaman, Bag‘dod olimlaridan, Madinaga safar qilib, molikiylik mazhab asoschisi Molik ibn Anasdan saboq oldi. Shuningdek, Iroq va Kufa shaharlariga kelib mazhabboshi Abu Hanifaning mashhur shogirdlaridan ham ta'lim oldi. Hanafiylik ta'limotini asosan Muhammad ibn Hasan Shayboniydan o‘zlashtirdi.

 

MOLIKIYLIK

Mazhab asoschisi Imom Molik ibn Anas (713-795) Madinada tug‘ilib, o‘sha yerda vafot etgan. U zot Madina huquqiy maktabiga asoslanib sunniylikdagi keng tarqalgan mazhablardan biri molikiylikka asos solgan. Mujtahid olimning “Muvatto” asari mazhab tamoyillarini atroflicha qamrab olgan. Keyinchalik ushbu asarga qator sharhlar yozilgan.

 

Hanafiylik

Mazhab asosochisi Abu Hanifa No‘mon ibn Sobit bo‘lib, “Imom A'zam” laqabi bilan shuhrat qozongan. U zot Kufa shahrida (699-767) tavallud topib, o‘sha yerda vafot etgan. Ustozi Sha'biydan kalom, hadis, tafsir, fiqh ilmlarini mustahkam egallab, ular orasida ayniqsa fiqh ilmiga katta qiziqish bilan qaraydi. Abu Hanifa yashagan davr Umaviylar va Abbosiylar sulolasining davlat boshqaruvi vaqtlariga to‘g‘ri keldi. Abu Hanifa Qur'oni karim, sunna, sahobiylar so‘zlari, qiyos, istehson, ijmo', urf kabi fiqhiy manba va uslublarga ko‘ra hukum chiqargan. Abu Hanifa asos solgan hanafiylik mazhabi sakkizinchi asr o‘rtalarida tarqala boshlab, nafaqat Kufa, balki, Iroq, Jazoir, Tunis, Marokash, Indoneziya, Malaziya, Eron, Movarounnahr, Xuroson, Afg‘oniston, Hindiston, Pokiston, Turkiya va boshqa mamlakatlarga tezda tarqalib ulgurdi.

 

Abu Hanifaning yetuk shogirdi

Buyuk imom Abu Hanifa rahimahulloh o‘zidan katta ilmiy meros qoldirgan. Ustozi Hammod ibn Sulaymondan keyin ilmiy majlislarga o‘zi bosh bo‘ldi. Imomning shogirdlarining adadi ko‘p bo‘lib, ular yetmishdan ziyod edi. U zot shogidlariga mehribon edilar. Nafaqat ilm o‘rgatibgina qolmay ularga odob-axloq, ulamolar, ulug‘lar va oddiy xalq  bilan qanday muomalada bo‘lishni ham o‘rgatib borar edilar.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing