O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Оила

Qaynona – kelin ahilligi oila tinchligi demakdir

 
 

Oila insonning dunyoviy saodatini ta'minlovchi qo‘rg‘ondir. Oilada doimo tinchlik va totuvlik davom yetishi uchun yer va xotin, qaynona va kelin o‘zlarining vazifa va burchlarini to‘liq ado yetib borishlari lozim. Zero, oila faqat yer-xotindangina iborat yemas, ularning ota-onalari va farzandlari ham shu oianing a'zolari sanaladi. Shunga binoan, shariatimizda qaynota va qaynona kuyov yoki kelinga nisbatan qanday maqomda turishi ham bayon yetilgan.

Alloh taolo Niso surasining 23-oyatida nikohi harom bo‘lgan 13 toifa yollarni sanab o‘tgan. Shular ichida mavzumizga tegishli 2 toifa bor. Ular: “(Sizlarga (nikohi) harom qilingan (ayol)lar-bu), qaynonalaringiz, o‘z pushti kamaringizdan bo‘lgan o‘g‘illaringizning xotinlari”dir.

Demak, qaynota kelinga o‘z otasidek abadiy mahram, qaynona kuyovga o‘z onasidek abadiy mahram sanaladi. Qaynota va qaynona kuyovga ham, kelinga ham ota-ona o‘rnida bo‘ladi va ularning hurmatini joyiga qo‘yish hamda roziligini olish vojibdir. Ular menin ota-onam yemas, ularni roziligini olishim shart yemas, deyish johillik va ilmsizlikdir. Yerkak kishiga yeng haqli zot uning onasidir. Ayol kishiga yeng haqli zot uning yeridir.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam shunday marhamat qiladilar: Oisha onamizdan rivoyat qilinadi: “Men “Yo Rasululloh! Ayol kishining zimmasida haqqi yeng ko‘p bo‘lgan kishi kim?”,-dedim. U zot: “Onasi”, - dedilar” (Imom Hokim “Mustadrak” kitobida rivoyat qilgan).

Risoladagi yerkak hayoti davomida doim ikki ayol onasi va juftiga moddiy va ma'naviy ta'minot hamda g‘amxo‘rlik qiladi. Ular o‘rtasida adolat o‘rnatgan holda hayot kechiradi. Zero, Alloh taolo Qur'oni karimda marhamat qiladi:

“Yerkaklar xotinlar ustidan (oila boshlig‘i sifatida doimiy) qoim turuvchilardir. Sabab – Alloh ularning ayrimlari (erkaklar)ni ayrimlari (ayollar)dan (ba’zi xususiyatlarda) ortiq qilgani va (erkaklar o‘z oilasiga) o‘z mol-mulklaridan sarf qilb turishlaridir” (Niso surasi, 34-oyat).

Bu oyat bilan Alloh taolo yerkakning oiladagi o‘rnini belgilab berdi. Shundan kelib chiqib, oila rahbari bo‘lmish yerkaklar, bo‘lajak qaynonalar bo‘lmish juftlariga kelinga qanday muomala qilish, kelajakda kelin bo‘ladigan qizlarga qaynona bilan qanday muomala qilish kerakligini o‘rgatib borishlari kerak. Bu ishni faqat ayollarga yuklab qo‘yish to‘g‘ri yemas. Chunki yuqoridagi oyatda yerkaklar ayollarni himoya qilishi, g‘amxo‘rlik qilishi va ularga odob berishi ma’nosi bordir.

Kelinlar qaynonalarini o‘z onasidek yaxshi ko‘rib hurmat qilishi, ularni g‘animat bilib, duolarini olishga harakat qilishi kerak. Bu yerning ham roziligiga sabab bo‘ladi. Yerning roziligi yesa jannat yo‘lidir. Ba’zi xonadonlarda kelinga xuddi xizmatkor-quldek munosabatda bo‘lish holatlari ham uchrab turaddi. Ba’zi xonadonlarda yesa aksincha, kelinlar yo‘q joydan muammo chiqarib, kata-katta talablar qo‘yib, yerning topganiga qanoqat qilmay, yeri bilan qaynonaning orasiga sovuqchilik tushishiga sabab bo‘lmoqda.

Kechirimli bo‘lish dinimizda maqtalgan sifatlardan hisoblanadi. o‘zgani kechirish nafsga yoqmasa ham, bu kata mojarolarning oldini oladi, kelgusidagi xotirjamlikni ta’minlaydi.

Oila hayoti hech qachon bir tekis faqat shodu xurramlik, baxt-saodatdan iborat bo‘lmaydi. Ba’zida qaynonalar farzandlarining baxtli bo‘lishi yo‘lida o‘zlarining ba’zi hoyi-havaslaridan voz kechishlariga ham to‘g‘ri keladi. Qachonki, yer-xotin birgalashib oila totuvligi yo‘lida kurashsagina qiyinchiliklarni yengish oson kechadi, oila xotirjamligiga yerishadi.

Abduqayum Raxmonov Urgut tuman “Abduqahhor” jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 22/04/2020 15:38;   Ko‘rilganligi: 33
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/articles/family/qaynona-kelin-ahilligi-oila-tinchligi-demakdir
Chop etilgan vaqti: 27/05/2020 11:06
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing