O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Оила

OTA-ONANING HAQLARI

 
 

Dinimiz amr etgan vazifalardan biri – farzand tarbiyasidir. Ota-onalar o‘z avlodlari tarbiyasiga jiddiy ahamiyat berishlari va har qanday sharoitda ham buning uchun vaqt topishlari lozim.Yoshlarning noto‘g‘ri yo‘lga kirib qolishiga, yomon axloqli bo‘lishiga avvalo ota-ona sababchi bo‘ladi.

Islom dinida hamda kishilik jamiyatida er-xotin bo‘lish va far-zandlarning dunyoga kelishi – Alloh taoloning amri ekanligi Qur'oni ka-rimning bir necha oyati karimalarida zikr qilingan. Chunonchi, “Rum” sura-sining 21-oyatida: ,”Sizlarga sokinlik topishingiz uchun o‘zingizdan juft-lar yaratdik” oyati nozil etilgan bo‘lib, ushbu juftlikdan yaralgan insonlar ham o‘sib ulg‘aygandan so‘ng er-xotin bo‘lib yashashligi tabiiy. Ularning er-xotin bo‘lib yashash jarayonida tinch, osuda hayot kechirishga mo‘tabar kitoblarda zikr etilganidek, urush, janjal, haqo-ratlar bilan emas, balki, tinchlik va osoyishtalikda, o‘zaro hurmatdahayot kechirgan oilada imon-e'tiqodli, asl insonylik tuyg‘ulariga to‘yingan solih va soliha farzandlar dunyoga keladi, deyiladi.

Ota-onaning quchog‘i farzandlar uchun doimo maktab, madrasa, ya'ni oila tarbiya o‘chog‘idir. Shunday ekan, har bir o‘g‘il-qizga  insoniyatning ma'naviy boyligi hisoblangan odob, axloq kabi fazilatlar ota-onadan o‘tadi.  Demak, farzandlarning tabiati, xulq-atvori, ruhiyati oila muhitida shakllanadi. Tabiiy holki, “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” deganlaridek, farzand yurish-turishni ham, odob-axloqni ham, muomala mezonini ham, aqlli va farosatli bo‘lishni ham ota-onadan o‘rganadi.

                           

                            Ona ko‘ngli doim bolada,

                            Bola ko‘ngli esa dalada.

                            Yoshligida aqlini qayrang,

                            Aslo demay hali bola-da.

 

                            Oila ham maktab, madrasa,

                            Muallim siz – ota-onalar.

                            O‘qitilmas aljabr, handasa,

                            Tarbiyadan dars olar bolalar.

 

Shunday ekan, ota-onalar-ning vazifalari faqat farzandlarni dunyoga keltirish bilan cheklanib qolmasdan, o‘z farzandlarini aqlli, ongli, jismonan sog‘lom jamiyat a'zosi sifatida o‘z Vataniga foydasi tegadigan qilib tarbiyalashi kerak.

Tarixiy manbalarda keltirilishicha, ota-bobolarimiz oilada farzandning jismonan baquvvat, ruhan tetik, aqlan va axloqan barkamol bo‘lib tarbiya topmoqligiga jiddiy e'tibor qaratib, unga juda ham ehtiyotkorona yondashishgan. Negaki, tarbiya inson ruhiyatini shakllantiradi. Ruhiyat esa bandaning (farzandning) qanday inson ekanini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo (sollallohu alayhi va sallam): “Ota o‘z farzandiga go‘zal odobdan ko‘ra yaxshiroq narsani meros qoldirolmaydi” deya, otadan farzandga qoladigan eng yaxshi narsa nima ekanligini xabar berganlar.

Ota-onalar ham o‘z haqlarini bilib, Qur'oni karimning “Tahrim” surasining oltinchi oyatidagi: “Ey iymonkeltirganlar! O‘zingizni va ahli ayollaringizni yoqilg‘isi – odamlaru toshlardan bo‘lgan o‘tdan saqlang!” iborasining mohiyatini anglab olish qiyin emas. Xulosa shuki, hayotda oila rahbari – otaga qanchalik ulug‘ mas'uliyat yuklanganini ko‘ramiz. Farzandlarni sog‘lom va e'tiqodli qilib tarbiyalash Vatan oldidagi, jamiyat oldidagi, eng avvalo Alloh taolo oldidagi muqaddas burchi ekanligini otalar unutmsligi kerak.

Ibratli ota-onalar o‘z farzandlarining har bir hatti-harakatlarini diqqat bilan kuzatib, qaysi ish foydali, qaysinisi zararli ekanligini har doim tushuntirib, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshqaradi. Go‘yo ota-ona o‘z farzandlariga nisbatan bamisoli bemor odamga qarayotgan tajribali tabiblardek bo‘lishi kerak. Ya'ni, farzandlarning  ulg‘ayish davridagi ruhiyati, qiziqishi, dunyoqarashining o‘zgarib borishida birini ziyoda, birini kam ko‘rmay ongli ravishda yo‘l tutish kerak. Toki, oilada yaxshi tarbiya olgan farzandlar avvalo ota-onasiga, kishilik jamiyatiga foyda keltiruvchi shaxslar bo‘lib voyaga yetishsin. Shuni unutmaslik kerakki, bola tarbiyasida ota-onalar Alloh taolo oldida ham, Vatan oldida ham mas'uldirlar.

Albatta, bizning bu yorug‘ dunyodagi baxt-saodatimiz va oxiratdagi Al-loh taolo va'da qilgan abadiy ne'matlarga musharraf bo‘lishimiz ota-ona-larimizga bo‘lgan munosabatlarimizga bog‘liq. Biz – inson farzandlari hech qachon unutmasligimiz kerakki, dunyoga ilk bor kelgan vaqtimizda bir parcha notavon et edik. Bizlar ona mehri, ota ardog‘i bilangina katta odamlar bo‘-lib yetishdik. Yer yuzida hayot davom etar ekan, dillarimizda o‘z farzandla-rimizga nisbatan mehr-shafqat tuyg‘usini uyg‘otgan ham ota-onamizdir. Bu shunday ilohiy hikmatki, biz ham shu his-tuyg‘u bilan ota va onalarimizga e'tiborli bo‘lib, o‘z farzandlik burchimizni bajarishimiz kerak.

Ota-onalari hali hayotlik vaqtlarida ko‘rsatgan hurmat-ehtiromlari bilan ota-onamning haqini ado etdim deyish nojoizdir. Balki ota-ona boqiy dunyoga rihlat qilgandan keyin ham vasiyatlarini bajo keltirib, ruhlarini shod qiladigan amallar ila Alloh taolodan joylarini jannatdan ato etishlarini so‘rab, duo qilib turishlik haqiqiy farzandlik burchi eka-nini  unutmaslik kerak. 

Beknazar Shomurodov, Kattaqo‘rg‘on tuman “Rizvon bobo“ jome masjidi imom noibi


Kiritilgan vaqti: 04/02/2020 18:43;   Ko‘rilganligi: 2234
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/family/ota-onaning-haqlari
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 02:37
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing