Оила

ISLOM SHARIATIDA FARZANDGA MUNOSABAT MASALASI

Johiliyat davrida arablarda faqirlik va ochlikdan qo‘rqib farzandni tiriklay ko‘mib yuborish odati bor edi. Hozirgi zamon johiliyatida ham ochlik yoki ko‘p sarf-xarajatdan qochib, farzandni tug‘maslik, bitta yoki ikkitadan orttirmaslik odati keng tarqalgan. Bu, avvalo e'tiqod buzuqligiga borib taqaladi. Allohga iymoni yo‘q yoki buzuq aqiydadagi, Alloh hammaga rizq berishga qodirligini inkor etadigan odamgina faqirlikdan qo‘rqib o‘z bolalarini o‘ldirishi mumkin.

 

ISLOM SHARIATIDA FARZAND ASRAB OLISH

Johiliyat davrida farzand asrab olish masalasi Qur'oni Karimning “Ahzob” surasida:

وَمَا جَعَلَ أَدْعِيَاءَكُمْ أَبْنَاءَكم  (  سورة الأحزاب-4)

“…va asrandi bolalaringizni sizga farzand qilgan emas[1]

 

Shavqatsizlik qurboni

Ayol farzandi dunyoga kelishi uchun amaliyot xonasiga kirib ketdi. Bola tug‘ildi. Ona hayotdan ko‘z yumdi. Ayolidan ayrilib, farzandi onasiz qolganidan ota, qattiq xafa bo‘ldi. Chaqaloqni o‘zi parvarishlay olmasligini bilib xolasiga berdi. O‘zi yetti oydan keyin uylandi.

 

Silai-rahm

Azizlar,   men  sizarlarga  silai–rahm qilish  haqida  bir  voqeani  aytib  bermoqchiman. Aslida ushbu holat  hammamizda,  har  birimizning  atrofimizda  bo‘lib  turibdi. Banda ulg‘ayguncha  ota-onasining bag‘rida, ularning ta'minotida bo‘ladi. Aka-uka, opa-singillari  bilan  talashib, tortishib, inoq  bir-biriga  beg‘araz  yaxshilik sog‘inadigan, xavf  yoki  kamchilik  bo‘lsa himoya  qiladigan,   o‘zida  borini  ilinadigan  bo‘ladi. Ota-onalari  ularni  ko‘rib  ko‘zi  quvnaydi. Bolalari voyaga  yetgach oilali bo‘lib,  uy–joy  qiladi, hayotda o‘z yo‘llarida mustaqil odimlaydi. Vaqti soati yetib,  ota-onalari olamdan  o‘tganlaridan so‘ng ana  shunda  aksariyat   tug‘ishganlar orasida silai-rahm, qarindoshlik  rishtalari  ingichkalashib  boradi. Oxir – oqibatda  faqat  to‘y  ma'rakalarda   ko‘rishadigan  bo‘lib  qoladilar. O‘zgalar yordamiga muhtoj  bo‘lib  qolsalar ham e'tibor  qilmaydilar. O‘z  Tashvish,  dunyo g‘ami  bilan o‘z  qobig‘iga  o‘ralib  yashaydilar. Bir paytlar  bir bo‘lak  nonni ham  baham  ko‘radigan  og‘a-inilar kun kelib, bir-biriga befarq  munosabatta  bo‘ladilar.

 

Farzand tarbiyasida odob-axloqning o‘rni

Ma'lumki har bir ota-ona farzandini barkamol bo‘lib voyaga yetishini chin dildan xohlaydi va bu borada barcha mashaqqat va qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun hayotini baxsh etadi. Farzandlarini sog‘lom bo‘lib o‘sishga, ularning ta'lim-tarbiyasiga ahamiyat qaratadi, ularni kelajagi porloq, solih insonlar bo‘lib voyaga yetishi uchun bor kuch va imkoniyattlarini sarf qiladi. Zero, yoshlar yurtning kelajagidir. Kelajak to‘g‘risida qayg‘urmaslik, kelajak ummat to‘g‘risida o‘ylamaslik yurtning kelajagiga beparvo bo‘lishlikdir.

 

OTA-ONANING HAQLARI

Dinimiz amr etgan vazifalardan biri – farzand tarbiyasidir. Ota-onalar o‘z avlodlari tarbiyasiga jiddiy ahamiyat berishlari va har qanday sharoitda ham buning uchun vaqt topishlari lozim.Yoshlarning noto‘g‘ri yo‘lga kirib qolishiga, yomon axloqli bo‘lishiga avvalo ota-ona sababchi bo‘ladi.

 

OILA PASPORTI

Ota

Sening asling, rizosi xotirjamlik, atosi sukunat, xizmati saodat va rohat, oq qilishi baxtsizlik va falokat, jannat eshiklaridan biri bo‘lgan zotdir.

 

OILA-JAMIYAT TAYANCHI

Oila barchamiz uchun mo‘tabar maskan. Qiyoslash joiz bo‘lsa, oila bu Ona Vatanning kichik timsoli. Agar u tinch va obod bo‘lsa, uni maskan tutganlar osuda hayot kechiradi. Alloh saqlasin agar buning aksi bo‘lsa, uni maskan tutgan insonlar hayotidan ma'no va mazmun ketadi.

 

Otaga hurmat

OTA!!! O‘zbek oilasida otaning o‘ziga xos o‘rni bor. U oilaning sarbonidir. Otaning oiladagi o‘rnini o‘lchaydigan toshu-tarozi yo‘q. Oilada otaning obro‘-e'tibori qadrlanadi, farzandlar otaga suyanadi, ergashadi, ishonadi va faxrlanadi.

Faqat otalargina bolalarini hayotdagi barcha og‘irliklarni aql-idrok, sabr-chidam, g‘ayrat va iroda bilan yengib o‘tishga o‘rgata oladi. Ota irodasi farzandlarni qiyinchilik, mushkul ishlar oldida ikkilanmaslikka, uni yengib o‘tishga o‘rgatadi.

 

Er va xotin bir biriga libos kabidur

Hozirgi kunda bazi yosh er va xotinlar oiladagi sir va gap so‘zlarni oilasidan tashqariga chiqarishi oqibatida oilada ko‘p kelishmovchilik yuzaga kelmoqda. Xizmat yuzasidan notinch oilalarni yarashtirish uchun borganimizda hatto bazi yosh oilalar er-xotin o‘rtasidagi jinsiy munosabatni ham ko‘chaga chiqarib aytganidan oilasi buzulish arafasiga kelib qolganini guvohi bo‘lmoqdamiz. Quroni Karimda Alloh taolo shunday marhamat qilgan:

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing