O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Таълим-тарбия

Ilmiga amal qilish olimning shiori

 
 

         Ilm va ma'rifatni ikki dunyo saodati qilgan Allohga shukurlar bo‘lsin va bizlarga ibrat va rahnomo bo‘lgan   Payg‘ambarimiz Muxammad sollallohu alayhi vasallamga durud va salovotlar bo‘lsin. 

   Alloh taolo insoniyatni yaratibdiki, ularga to‘g‘ri yo‘lni topib hidoyat topishlari uchun Ilohiy kitoblar va Payg‘ambarlar jo‘natib bandalarni saodatga yetishish ko‘rsatmalarini yuborgan. Alloh taoloning oxirgi kitobi bo‘lmish Qur'oni karimning birinchi nozil bo‘lgan oyatida o‘qishga va ilim olishga targ‘ib qilingan:

O‘qing (ey Muhammad)! Butun borliqni yaratgan zot bo‘lgan Robbingiz ismi bilan! (U) insonni laxta qondan yaratdi. O‘qing! Robbingiz esa karamlidir. U insonga qalam bilan (yozishni ham) o‘rgatdi. U insonga bilmagan narsalarini bildirdi” (Alaq surasi 1-5 oyatlar).

Quroni karimda ilm so‘zi 95 marotoba turli ko‘rinishlarda kelgan. Islomda ilmu ma'rifatga juda katta urg‘u berilgan. Shayton ham olim bo‘lgan, farishtalarga dars berar edi. Alloh taolo Odam alayhissalomni yaratgandan keyin, shaytonni odamga sajda qilishga buyurdi. Butun farishtalar sajda qildi lekin shayton hasad va takabburlik qilganligi sababli mal'un bo‘ldi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘z ummatlariga ikki narsani meros qilib qoldirdilar, biri Allohning kitobi Qur'on bo‘lsa, ikkinchisi u kishining sunnatlaridir. Kim bu ikki narsaga ixlos bilan amal qilsa ikki dunyo saodatiga erishadi. Islom bamisoli mustahkam zanjir, har bir mo‘min-musulmon uning oltin halqasi hisoblanadi.  Halqaning zaif joyi bo‘lmasligi, bunga yo‘l quymasligi, avvallo mo‘minning axloqida, sobit e'tiqodiga va albatta bilimiga amal qilishiga bog‘liqdir. Demak bilgan ilmiga ixlos bilan amal qilish insonning bu dunyodagi burchlaridandir.

  Xulosa qilib aytganimizda Alloh taolo o‘z kalomida olimlarni sha'nini ko‘tarib “Biladiganlar bilan bilmaydiganlar barobar bo‘lurmi”  (Zumar surasi, 9-oyat).  deydi. Bilib turib ilmiga amal qilmasa Alloh taolo huzurida katta gunohga ega bo‘ladi. Olimning shiori Allohga itoat qilib, osiy bo‘lmaslik, Uni zikir qilib, unitmaslik, Unga shukur qilib kufr keltirmaslikdir. Alloh taolo barchamizni bilgan ilmiga amal qiladigan olimlardan qilsin. 

   YOQUB XURRAMOV – Tayloq tumani “Sarosiyo” jome masjidi imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 17/01/2020 13:51;   Ko‘rilganligi: 112
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/articles/eductaion/ilmiga-amal-qilish-olimning-shiori
Chop etilgan vaqti: 27/05/2020 18:22
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing