O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Маданият

M u r o j a a t (Yolg‘on va'dalarga uchmoqqa tayyor ayrim yoshlarga)

 
 

Yo‘l-ayro, turibsan ovora, sarson,               

Qay birin tanlashga, balki, sen hayron?!

Fikr qilgin, shoshilma, borida imkon,

Ko‘zing och, birodar, ortingga bir boq!

 

            Yolg‘on va'dalarga uchmagin zinhor,

            Begona yurtlarda bo‘lajaksan xor.

            Shundayin bir Vatan, aytgin, qayda bor?!

            Ko‘zing och, birodar, ortingga bir boq!

 

Mudhish jar ustida turibsan, inon,

Befoyda, deydilar, so‘nggi po‘shaymon,

Og‘a-ining senga bo‘lmasin dushman,

Ko‘zing och, birodar, ortinga bir boq!

 

           Bu yerda otang bor, hamda volidang,

           Muz qotgan tosh kabi qotmasin diydang.

           Tubsiz chohga tushib demagil “attang”,

            Ko‘zing och, birodar, ortingga bir boq!

 

Dunyoga nazar sol, qaylardir vayron,

Goh huda-behuda to‘kilmoqda qon.

Nahot shundoq bo‘lsin bizning xonadon...

Ko‘zing och, birodar,ortinga bir boq!

 

           Unutma, sen-elning bitta farzandi,

           Ko‘zi yosh onaning asali, qandi.

           Sen tug‘ilgan uyning bormi monandi?!

           Ko‘zing och, birodar,ortingga bir boq!

 

Zahmatkash zamin bu, to‘ralar bo‘lgan,

Bir da'vatga minglab “ura”lar bo‘lgan,

Jigar-kabob, tana-quralar bo‘lgan,

Ko‘zing och, birodar,ortinga bir boq!

 

          Islom, deb Islomni Yaratgan berdi,

          O‘zbekning o‘zligin qaytadan berdi.

          Ba'zan qiyin kunni ataydan berdi,

          Ko‘zing och, birodar,ortingga bir boq!

         

  Ming shukrkim, farovon kunlarga yetdik,

  Bobolar orzusin ruyobin etdik.

  Nurli bir istiqlol yo‘lidan ketdik.

  Ko‘zing och, birodar, ortinga bir boq!

 

          Hayot o‘tkinchidir, bo‘lmaymiz ustun,

          Bizdan Vatan qolsin mustaqil, gulgun.

          Minnatdor odamlar desin o‘shal kun:

          Ko‘zing och, birodar,ortinga bir boq!

Lutfulloh Ubaydullayev - Kattaqo‘rg‘on  tuman  “Kichikmundiyon” jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 19/11/2019 11:24;   Ko‘rilganligi: 129
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/articles/culture/m-u-r-o-j-a-a-t-yolgon-vadalarga-uchmoqqa-tayyor-ayrim-yoshlarga
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 12:38
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing