O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Маданият

Hayot shunday yaralgan!

 
 

Kim boyvachcha kim g‘arib,

Kimlar olisga ketgan,

O‘z baxtini axtarib.

Kim nochoru kim bemor,

Davo istar dardi bor.

Hayot shunday dilozor,

Nomardi bor mardi bor,

Kim chiroyli yaralgan,

Ammo ko‘zlarida nam.

Bu besh kunlik dunyoning.

Doim nimasidir kam,

Kimdir ko‘rgan xiyonat,

O‘zi sevgan yoridan.

Shu insonga ishonib,

Kechgan edi boridan.

Kimlar bola chaqam deb,

Yot ellarda sarsondir.

Shu jujuqlar bo‘lmasa,

Hayot qadri arzondir.

Kimlar yashar Otasiz,

Kimlar esa xor qilar,

Otang bormi shukr qil,

Ular borligingi sababdir.

Kimlar Ona poyiga,

Gul to‘shaydi har onda.

Kimlar Onasiz qolib,

Yig‘lab yurar armonda.

Kimlar o‘zin dunyoning,

Ustuniday tutadi.

Bu kibrli kimsalarni,

Bir kuni yer yutadi.

Kimlar buyuk Allohdan,

Farzand tilab o‘tadi.

Kimlar yetimxonaga,

Mangu tashlab ketadi.

Kim o‘g‘ri-yu zo‘ravon,

Bechorani talaydi.

O‘shalar jaxannamning,

Tuprog‘ini yalaydi.

Kimlar umid qiladi,

Allohdanmas ro‘yodan.

Bir dunyo gunoh bilan,

O‘tib ketar dunyodan.

Kim turmushdan ajragan,

O‘xshamagan hayoti.

Yetti osmonga yetar,

Yolg‘izlarning faryodi.

Kimdir erta saharda,

Qilar ibodat-namoz.

Insonga eng yarashgani,

Aslida shu joynamoz.

Yuz yil azob bo‘lsa ham,

Ko‘p nolimoq shart emas.

Hamma narsa o‘tkinchi,

Demak dunyo dard emas.

Allohim deb yetkazing,

Osmonga ovozasin.

Shunda ocha olasiz,

Jannat darvozasini...!

Jahongirxon Bahodirxon o‘g‘li - Urgutu tuman "Boybul" jome masjidi imom noibi 


Kiritilgan vaqti: 30/10/2019 15:55;   Ko‘rilganligi: 145
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/articles/culture/hayot-shunday-yaralgan
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 12:26
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing