Маданият

QOG‘OZ QADRI

Insoniyatning barcha jabhadagi taraqqiyotida beqiyos ahamiyat kasb etgan va ajdodlar ilmiy merosi avlodlar qo‘liga yetib borishida asosiy vosita bo‘ib xizmat qilgan omil – bu qog‘oz albatta. Allohning nabiysi Idris aklayhissalom insoniyat tarixida ilk bor qo‘liga yozuv qurolini olib yoza boshlaganlaridan buyon shu kunimizga qadar bu ikki ne'mat – qalam va qog‘oz vositasida insoniyat uchun misli ko‘rilmagan ulkan ma'naviy xazina yuzaga keldi.

 

QISHLOG‘IM QALBIM SURURI

Biz yashab turgan maskan Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanining dashtli hududida joylashgan Moybuloq qishlog‘idir. Bu qishloqning o‘ziga yarasha fayzu-tarovati va fazilatlari bor. Qishlog‘imizda bir necha turdagi shifobaxsh tabiiy giyohlar o‘sadi. Lalmikor va suvli yerlaridan turli xil nozu-ne'mat mevalar yetishtiriladi. No‘xat, kunjit, bug‘doy, qovun, tarvuz, uzum deyisizmi, ularning ta'mi o‘zgacha. Moybuloqning mayizi dunyoga mashhur. Ayniqsa “ko‘k”, “osh mayiz”, “qora mayiz”, “soyaki”, “kunaki”, “ilma soyaki”, “ilma kunaki” kabi bir necha turdagi mayizlarning tayyorlanish usullarini mahalliy aholi mahorat bilan amalga oshiradi. Qora mayiz insonlarning zehn,  yurak,  miya faoliyatiga quvvat bo‘lishini tibbiyot sohasi ham tasdiqlagan.

 

INTERNETDAN FOYDALANISH ODOBLARI

Avvalo internetdan foydalanmoqchi bo‘lgan inson niyatini to‘g‘ri va xolis qilmog‘i lozim. Albatta, musulmon inson xar bir ishda odob bo‘lgani kabi, internetdan foydalanishda ham yaxshilikni, shariatda ruxsat bergan ishlarga munosib tarzda, ish qilishi va niyat qilishi lozimdir. Ana shunday ish qilsagina manfaat topadi va ko‘zlagan maqsadiga ham erishadi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing