O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Ақийда

Imomi A'zamning dahriylar bilan suhbati

 
 

Rivoyat qilinishicha, Abu Hanifa rohimahulloh dahriylarga qarshi keskir qilich edilar. Dahriylar u zotni o‘ldirish uchun fursat kutardilar. Bir kuni Abu Hanifa masjidda o‘tirganlarida u zotga yalang‘ochlangan qilichlar bilan hujum qiladilar. Buyuk Imom: “Menga bir masala borasida javob beringlarda, hohlagan ishingizni qilavering”, dedilar. Dahriylar aytchi, - deyishdi. U zot: “Sizlarga dengiz girdobida qolgan, atrofini mavj urgan to‘lqinlar-u, turli xil shamollar o‘rab olgan, uni boshqarib turadigan dengizchilari bo‘lmagan kemani to‘g‘ri holda suzib ketayotganini ko‘rdim, deb aytgan kishi haqida nima deysizlar? Shuni aqlga to‘g‘ri keladi, deb o‘ylaysizlarmi? Dahriylar: Yo‘g‘-e! Buni aql qabul qilmaydi, dedilar. Abu Hanifa: “Yo subhanalloh! Dengizchilari bo‘lmagan kemaning to‘g‘ri holda suzishi aqlga to‘g‘ri kelmaydi-yu, holatlari turli-tuman bo‘lgan yeru-osmon Yaratuvchisiz qoim bo‘lishi mumkinmi?!” dedilar. Dahriylarning barchasi yig‘ladi va buyuk Imomning qo‘llarida islomni qabul qilishdi.

Umar ibn Is'hoq G‘aznaviyning “Sharhu aqiydatit-Tahoviy” kitobidan erkin tarjima.


Kiritilgan vaqti: 04/12/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 2078
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/aqidah/imomi-azamning-dahriylar-bilan-suhbati
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 18:55
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing