O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

“Salafiylar”ning faoliyat uslublari

 
 

Soxta salafiylar o‘z g‘oyalarini yoyishda yashirin xujralar tizimi faoliyatini kuchaytirish, unda asosan yoshlarni o‘qitish va ularga  diniy mutaassib g‘oyalarini sigdirishga asosiy e'tibor qaratiladi. Jumladan, soxta salafiylikka mansub “Turkiston islom harakati” terrorchi guruhi Markaziy Osiyo mintaqasida o‘zining buzg‘unchi g‘oyalarini targ‘ib etishda yashirin xujralar yordamidan foydalanishga intilib kelgan.

Bugungi kunda soxta salafiylar o‘zlarining g‘arazli maqsadlari yo‘lida texnika taraqqiyoti yutuqlaridan faol foydalanishga intilmoqdalar. Jumladan, ular internetni o‘zlarining yovuzli quroliga aylantirib, uning vositasida global tarmoqda virtual jamoat tashkil etib, diniy mutaassib qarashlarni targ‘ib qilishmoqda. Soxta salafiylarning  yoshlar ongi va qalbini egallashga qaratilgan bunday harakatlaridan asosiy maqsad o‘z saflarini yangidan-yangi jangarilar bilan to‘ldirishdan iborat bo‘lmoqda.

         Tadqiqotlar hozirda jahon internet tarmog‘ida soxta salafiylarning targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish uchun ochilgan bir necha mingdan ziyod veb-saytlar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Ularga asosan diniy asosdagi nizolarni keltirib chiqaradigan ma'lumotlar, diniy ekstremistik va terrorchi tashkilotlar rahbarlarining turli bayonoti va murojaatlari joylashtirilmoqda. Shuningdek, soxta salafiylarga tegishli saytlarda “mina portlatish ishlari, shaharlar va tog‘li hududlarda jang olib borish san'ati”, zaharlovchi moddalardan qurol tayyorlash va undan foydalanish, maxfiy operatsiyalar o‘tkazish uslublari, o‘z joniga qasd qilish yo‘llari kabi qo‘poruvchilik va terrorchilikni targ‘ib qiluvchi sahifalar mavjud.

Z.Eshonqulov - O‘MI Samarqand viloyat vakili (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 29/11/2019 18:37;   Ko‘rilganligi: 1082
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/salafiylarning-faoliyat-uslublari
Chop etilgan vaqti: 25/04/2024 17:41
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing