O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

OXIRAT CHIROG‘I

 
 

 Bir boy inson umrini molu davlat to‘plash va boylik orttirishga sarfladi, mana shu yo‘lda og‘ir kasallikka duchor bo‘ldi. Bu kasallik umrining oxiri va oxirat safarining boshlanishiga o‘xshab qoldi. U vasiyat qilish uchun farzandlarini oldiga chorladi va katta o‘g‘liga dedi:

– O‘g‘lim, bu bemorlikdan tuzalishga umidim qolmadi, kundan-kunga oxirat sari qadam qo‘yib boryapman. Endi tushundimki, to‘plagan boyligimdan oxirat safarim uchun menga biror naf tegmas ekan. Bugun boyligim sizlarning qo‘llaringizda. Mening oxirat yo‘lim qorong‘ilashdi, sizlar bir chiroq yoqinglarki, oxirat yo‘lim yorishsin va oxiratda menga foydasi tegsin.

Bu so‘zlardan biroz muddat o‘tgach, Allohning inoyati bilan boy kishi shifo topib, oyoqqa turdi. O‘sha kunlarda bir yaqinidan maktub keldi, unda boy kishi o‘sha yaqinining uyiga taklif qilingan edi. Boy bir chiroq olib, chaqirilgan xonadonga borish uchun to‘ng‘ich o‘g‘li bilan yo‘lga chiqdi. Ota oldinda, farzand esa orqadan borar, chiroq o‘g‘ilning qo‘lida edi. O‘g‘il otadan biroz orqaroqda qoldi, oldi qorong‘ilashgan ota farzandiga dedi: “O‘g‘lim, tezroq yur, bu joylar qorong‘i ekan, yiqilib, biror narsa bo‘lib qolmayin”.

Farzand otasiga shunday javob qaytardi:

– Otajon, esingizdami, bemorligingizda “men bu dunyoda oxiratim uchun biror narsa qilmadim, xohlaymanki, mendan keyin bir chiroq bo‘lsin va u oxiratimni yoritsin”, degan edingiz. Buni qarangki, chiroq orqada tursa, oldinni yoritmas ekan. Yorug‘likni istasangiz, chiroqni oldindan tayyorlang. Siz shunday amalda bo‘lingki, oxirat yo‘lingiz yorug‘ bo‘lsin.

 X.Temirov - O‘MI Samarand viloyat vakilligi mutaxasisi 


Kiritilgan vaqti: 06/08/2020 12:13;   Ko‘rilganligi: 813
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/oxirat-chirogi
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 20:55
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing