O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Nurchilik tashkilotining nazariy manbalari

 
 

Harakatning asosiy g‘oyasini tashkil etgan Said Nursiyning 6000 sahifalik Risolai-nurkitobi dunyoning o‘n besh tiliga tarjima qilingan. Uning o‘zi mazkur kitobga Risolai Nurbu asarni va kelajak asarlarni nurlantirgan bir mo‘jizai Quroniydir-deya baho bergan.Nurchilik hukumat tomonidan taqib qilingani uchun mazkur kitob 1954 yilgacha birorta nashriyotda chop etilmay, harakat faollari tomonidan qo‘lda ko‘chirilib, xalq orasida maxfiy tarqatilgan.

Faoliyat uslublari. Nurchilarstrategiyasida Kavkaz, Bolqon va Markaziy Osiyo mintaqasi alohida o‘rin tutadi. Fathulla Gyulen fikricha, harakatning bu hududlarda ustuvor mavqega erishishi Usmoniylar davridagi kabi Buyuk Turon tiklanishiga xizmat qilar emish. Ana shunday strategik maqsadlarni ko‘zlagan va Gyulenning “Axborot texnologiyalari taraqqiy etgandan so‘ng olam bir qishloqqa aylangan va unda ochiq siyosat olib borish lozim”, - degan ko‘rsatmalariga rioya qilgan Nurchilartil, din va madaniyatlar birligi hamda zamonaviy fikirlaydigan kadrlar tayyorlashda yordam berishni iddao qilgan holda, Markaziy Osiyo davlatlarida ham paydo bo‘ldi.

Nurchilarning Rossiya, Xitoy, Iroq, Eron va Afg‘onistonning ba'zi hududlarda olib borayotgan harakatlari esa G‘arbning bu mintaqadagi geosiyosiy kurashdan ko‘zlayotgan maqsadlariga ham mos keladi. Zero, yetakchi G‘arb davlatlari nazoratiga tushib qolgan Nurchilik harakati g‘oyalarining bu davlatlarda yashaydigan turkiy xalqlar orasida tarqalishi ushbu hududlarni tasir doirasiga kiritishning muhim vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Har yili Yevropa Ittifoqi, AQSH, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda harakatning  faoliyatiga doir anjumanlar o‘tkazilib kelinayotgani va Fathulla Gyulen rahbarligidagi NurchilarG‘arbda katta ko‘makka ega bo‘layotgani ham ushbu mulohazalarning o‘rinli ekanini ko‘rsatadi.

         Umuman olganda, yuqorida qayd etilgan omillar tasirida haraktaning tasir doirasi kengayib borayotganini qayd etish lozim. Hozirgi vaqtda Nurchilik harakati 120 ta davlatda faoliyat olib borayotgani, birgina Turkiyada ularning tarafdorlari soni 5 millionga yetgani achinarli hol.

         Harakat  tuzilmasida  xafsizlik xizmatining mavjudligi, azolikka nomzodlarning maxsus sinovlardan o‘tkazilishi, ular haqida  malumotlar zahirasining yig‘ilib borilishi, tashkilotga mansublikni sir saqlashning qattiq talab etilishi esa fosh bo‘lib qolish imkoniyatini kamaytiradi.

         Har bir mamlakat hudidini muayyan qisimlarga bo‘lib olish orqali harakat g‘oyalarini yoyishga intilish va bunda tashkil etilgan turli fond va firmalardan  vosita sifatida  foydalanish ham o‘z samarasini berayotganini qayd etish lozim.

Z.Eshonqulov - O‘MI Samarqand viloyat vakili (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 06/12/2019 19:13;   Ko‘rilganligi: 2764
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/nurchilik-tashkilotining-nazariy-manbalari
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 14:22
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing