O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Nishonga urilgan gaplar: Mo‘min yaxshi niyatli bo‘lgani uchun aldanadi, Munofiq yomon niyatli bo‘lgani uchun aldaydi.

 
 

Egasi maqtanayotgan qanchadan qancha hashamatli uylar ichida g‘arib taqdirlar, bashang liboslar ichida notavon tanalar, oppoq badanlar ichida qop-qora ko‘ngillar bor.

Tarix muhrlagan so‘zlar

***

Agar sen faqat nur orqali zohir bo‘lgan narsanigina ko‘rib, ovozlar orqali yetib kelgan narsanigina eshitayotgan bo‘lsang, haqiqatda ko‘rmas va eshitmas ekansan. 

Jubron Xalil Jubron

***

Qonun taqiqlamagan shundah holatlar borki uni nomus taqiqlaydi.

Rim hikmatlaridan

***

Boshqalarga yordam berishga intiladigan odamgina muvaffaqiyatga erishadi. Faqat o‘z foydasini o‘ylaydiganlar esa mag‘lubiyatga uchrayveradi.

Brayan Treysi

***

Yaxshi bo‘l va sening yaxshi yekaningni hech kim bilmasligiga intil.

Lev Tolstoy

***

Sodda bolalarni laylaklar olib keladi, hamma narsani bilishga qiziqadigan bolalar o‘zlari tug‘iladilar.

***

Qanaqasiga qo‘ylar ham butun, bo‘riyam to‘q bo‘larkan?.. Demak, cho‘ponni yeb qo‘yishgan.

***

Mo‘min yaxshi niyatli bo‘lgani uchun aldanadi, Munofiq yomon niyatli bo‘lgani uchun aldaydi.

Hakim Termiziy

Kim odamlar oldida o‘zida yo‘q narsa bilan ziynatlanishga urinsa Alloh uni uyaltirib qo‘yadi.

Insonning ichki dunyosi tashqi dunyosiga mos bo‘lsa bu—adolatdir. Agar ichki dunyo tashqi dunyodan afzal bo‘lsa bu—fazilatdir. Mabodo tashqi dunyo ichki dunyodan afzal bo‘lsa bu—razolatdir.

Sufyon ibn Uyayna

***

Dunyo asli zulmatdir! Magar ulamolar majlisigina mustasno.

Hasan Basriy

***

 

Agar men Alloh va Rasulining yo‘lidan yurmasam, menga itoat qilmang!

Boylik xasisda, qurol qo‘rqoqda, hukm zaifda bo‘lsa tartib intizom izdan chiqadi.

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu

 

Manbalar asosida Saidabror Umarov tayyorladi


Kiritilgan vaqti: 19/11/2020 13:32;   Ko‘rilganligi: 949
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/nishonga-urilgan-gaplar-momin-yaxshi-niyatli-bolgani-uchun-aldanadi-munofiq-yomon-niyatli-bolgani-uchun-aldaydi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 00:19
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing