O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

KIM ULAMOLARGA TOSH OTADI?

 
 

O‘zlarini din himoyachisi qilib ko‘rsatadigan, ularning xatolarini fosh qilgan ahli ilmga tosh otadigan buzg‘unchilar avval ham bo‘lganmi? Ha bunday noxush holatlar avval ham bo‘lgan. Ular hatto ulamolarning ustozi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ham qarshi da'vo bilan chiqishgan.

Abu Sa'id roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Ali Yamandaligida Nabiy sollallohu alayhi vasallamga bir parcha tillani tuprog‘ida jo‘natdi. U zot uni keyinroq Banu Mujoshi'dan biri bo‘lgan Aqra' ibn Hosib Hanzaliy, Uyayna ibn Badr Fazoriy, keyinroq Banu Kilobliklardan biri bo‘lgan Alqama ibn Ulosa Omiriy, keyinroq banu Nabhonliklardan biri bo‘lgan Zayd Xayl Toiy o‘rtasida taqsimladilar. Shunda Quraysh va ansoriylar g‘azab qilib:" Bizni qo‘yib, Najdning arboblariga beribdilarmi? "deyishdi. U zot:" Men ularni ulfat qilay dedim, xolos ", dedilar. Shu payt ikki ko‘zi botgan, do‘ngpeshona, sersaqol, ikki yonog‘i bo‘rtgan, taqirbosh bir kishi kelib:" Allohdan qo‘rq, ey Muhammad! "dedi. U zot" Agar menki osiy bo‘lsam, Allohga kim itoat qilar ekan? Alloh meni yer  ahli ustidan ishonib qo‘yadi-yu, sizlar menga ishonmaysizlarmi? "dedilar. Qavmdan bir kishi-o‘ylashimcha, Xolid ibn Valid-u zotdan uni qatl qilishga izn so‘radi. U zot uni to‘xtatdilar.(Boyagi odam) o‘girilib ketgach, Nabiy sollallohu alayhi vasallam:" Buning pushtidan bir qavm bo‘ladi. Ular Qur'on o‘qishadi, u ularning bo‘g‘izlaridan nariga o‘tmaydi. Ular dindan o‘q (kamondan) otilib chiqib ketgandek chiqib ketishadi. Butparastlarni qo‘yib, Islom ahlini o‘ldirishadi. Agar men ularni topsam, ularni Od qatlidek qatl qilajakmak ", dedilar. (Buxoriy rivoyat qilgan).

E'tibor berilsa, ushbu rivoyatdagi nobokor ham kelasolib, hech narsadan xabari bo‘lmay turib Nabiy sollallohu alayhi vasallamni ayblagan. Bugungi kunda esa, o‘sha nobokorning izdoshlari Nabiy sollallohu alayhi vasallamning merosxo‘ri bo‘lgan ulamolarni ayblashmoqda.

ETIBORLI BO‘LAYLIK, KO‘ZIMIZNI OCHAYLIK, ALDANIB QOLMAYLIK. ALLOH HIDOYATIDAN ADASHTIRMASIN.

A.Nazarov – Kattaqo‘rg‘on shahar “Muhammad Naqibbek” jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 14/01/2021 13:09;   Ko‘rilganligi: 671
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/kim-ulamolarga-tosh-otadi
Chop etilgan vaqti: 16/04/2024 17:31
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing