O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

INSON AZIZ, XOTIRA MUQADDAS!

 
 

Insonning azizligi, uning xotirasi esa muqaddasligi asrlar davomida xalqimiz ma'naviyatining  ajralmas qismi bo‘lib kelgan ulug‘ qadriyatdir. Ushbu qadriyat esa mustaqillik yillarida yangicha mazmun bilan boyidi. 9 may sanasi Xotira va qadrlash kuni sifatida xalkimiz tamonidan keng nishonlanmoqda.

Darhaqiqat, Vatan va xalq ozodligi yo‘lida jasorot ko‘rsatgan ota-bobolarimizning xotirasi muqaddas, qadri esa ulug‘dir. O‘tgan ajdodlarni yodga olish, ularning qabrlarini ziyorat etib esga olish, ezgu amallarini xotiralash xayrli va go‘zal fazilatlardandir.

Payg‘ambarimiz alayhissalom hadisu shariflarida “Bu dunyodan o‘tganlarning yaxshi sifatlarini eslanglar, ularning yomon sifatlarini aytishdan saqlaninglar”, deya marhamat qilganlar.

Dinimizda ixlos bilan qilingan solih amallarning savobi o‘tganlar ruhiga bag‘ishlansa, marhumlarning arvohlari manfaat topishi ta'kidlangan.

Rivoyat qilinishicha, bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning oldilariga  kelib, onasining vafot etganini aytadi va “Nima qilsam onamning ruhini shod etgan bo‘laman?” - deb so‘raydi. Rasululloh alayhissalom: “Quduq qazib, suv chiqar”, - dedilar. Shundan so‘ng u kishi quduq qazib, suv chiqardi va “Buning savabini onamga bag‘ishladim” - dedi.

9 may sanasi “Xotira va qadrlash" kuni sifatida keng nishonlash an'ana tusini oldi. Bu kun nafaqat ona - Vatanimiz kelajagi yo‘lida qurbon bo‘lganlarni yodga olish, balki, yurt obodligi, xalq farovonligi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan, Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa ko‘shgan barcha faxriylarimiz, tabarruk otaxon va onaxonlarimizga cheksiz hurmat, izzat-ikrom ko‘rsatish, ularni e'zozlash va qadrlash kuni sifatida ham ahamiyatlidir.

Nasrulloxon  Nurullo o‘g‘li - Pastdarg‘om tumani, “Chandirobod” jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 07/05/2020 10:30;   Ko‘rilganligi: 1329
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/inson-aziz-xotira-muqaddas
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 18:00
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing