O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Halol luqma (Rivoyat)

 
 

Qadim zamonda Abdusalom degan bir xalol inson o‘tgan ekan. Uning yakkayu-yagona farzandi bo‘lib, u bolasini juda yaxshi ko‘rar, yeru-ko‘kka ishonmas ekan. Kunlar, yillar o‘tib bola katta paxlavon yigit bo‘libdi. Bir kuni u otasiga maslaxat solibdi:

— Ey, ota! Endi nima kasb qilay?

Otasi: — Ey, o‘g‘lim. “Bo‘ynidan bog‘langan it ovga yaramas”, degan gap bor. Endi sen bir hunar yoki kasbni o‘zing tanla va shunga mehr qo‘y”.

Shunda o‘g‘li: — Eng yaxshi kasb — o‘g‘rilik bo‘lsa kerak, — debdi.

Otasi shunda debdi: — Mayli o‘g‘lim, o‘g‘rilik bo‘lsa o‘g‘rilik-da. Qo‘shnimizning qo‘yini o‘g‘irlab ko‘rchi. O‘g‘li qo‘shni xonadondagi bitta katta qo‘chqorni o‘g‘irlab olib kelibdi.

Otasi xursand bo‘libdi va: — O‘g‘lim, zo‘r ish qilding. Endi ikkimiz bir xafta uydan chiqmay, shu qo‘yni mazza qilib yeymiz, debdi. Xullas, astoydil bir xafta mazza qilib maishat qilishibdi. Qo‘yni yeb bo‘lgach, o‘zlarini tarozida tortishibdi.

O‘g‘il bir xaftada uch kiloga ozibdi. Ota esa to‘rt kilo semiribdi. O‘g‘il xayron bo‘lib otasiga boqibdi.

Ota kulib debdi: — Ey, nodon o‘g‘il! Bilib qo‘y, sen o‘g‘irlagan qo‘yning pulini men bir kun oldin qo‘shniga berib qo‘yganman. Shuning uchun men xotirjam semirdim. Ko‘rdingmi, xarom luqmada xalovat yo‘q, yeganing o‘zingga yuqmaydi, sen o‘zingga xalol kasb tanla. Shunda u dunyoing xam, bu dunyoing xam obod bo‘ladi.


Bulung‘ur tumani "Isori O‘roqli" masjidi imom noibi Ilhomjon Mardiyev tomonidan tayyorlandi


Kiritilgan vaqti: 11/08/2020 13:27;   Ko‘rilganligi: 1316
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/halol-luqma-rivoyat
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 17:48
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing