O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Fitnalardan uzoq bo‘laylik!

 
 

Muqaddas Islom dini ta'limoti insonlarni doimo o‘zaro hurmat, birodarlik, ota-onani haqqi, farzandlar haqqi, qo‘ni-qo‘shnichilik haqlari, tabiat va borliqqa munosabat, hatto boshqa dindagilar bilan o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik asosida hayot kechirishni targ‘ib qiladi. Islom so‘zining ma'nosi tinchlik degani. Tinchlik bor joyda taraqqiyot bo‘ladi, orzu-havaslar amalga oshadi. Ammo, xolva degan bilan og‘iz chuchumaganidek, bugungi tinchlik va farovon hayotimiz ham o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q. Bunda, hukumatimiz boshchiligida qanchadan-qancha xodimlarning zahmatli mehnati borligini qalban his qilishimiz kerak va yurtimiz tinchligi uchun har birimiz o‘z mehnatimiz bilan hissa qo‘shishimiz kerak.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Yahudiylar yetmish bir yoki yetmish ikki firqaga bo‘lindilar. Nasorolar yetmish bir yoki yetmish ikki firqaga bo‘lindilar. Mening ummatim esa yetmish uch firqaga bo‘linadi”, dedilar”.

Boshqa bir rivoyatda:

“Yetmish ikkitasi do‘zaxda, bittasi jannatda. U – jamoatdir” iborasi ziyoda qilingan. Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.

Haqiqatan ham vaqti-vaqti bilan Islomda xavorijlar, rofiziylar, qadariylar, murjiylar, hashshoshiylar va shunga o‘xshash ko‘plab toifalar paydo bo‘lib, ularga hech kim ergashmaganligi sababli, o‘zining qisqa umrini o‘tab, yo‘qolib ketgan. Bugungi kunda paydo bo‘lgan “Salafiylik”, “Hizbuttahrir”, “Akromiylik” kabi oqimlar xam Islom nomidan gapirsalarda hadisda kelgan toifalardandir. Ammo, Payg‘ambarimiz (a.s.v)ning sahobalari ta'limotlari asosida joriy qilingan, ahli sunna-valjamoat (ya'ni, sunniylik) yo‘nalishi o‘n besh asrdan buyon, insoniyatni yaxshilikka boshlab kelmoqda. Sunniylik yo‘nalishida to‘rt mazhab bo‘lib, bir-biridan juda oz farq qiladi. Bular Hanafiy (ImomA'zam mazhabi), Shofi'iy, Molikiy, Hanbaliy mazhablaridir. Ota bobolarimiz qadimdan Hanafiy mazhabida amal qilib kelgan. Sir emas, Islomni haqqoniyligi sababli dunyoda ko‘plab odamlar musulmonchilikni qabul qilmoqda.  Bundan xavotirga tushgan ayrim siyosiy doiralar Islomni yomon otliq qilish maqsadida turli fitnalar uyushtirmoqda. 

Islomofobiya—islomdanqo‘rqitish, Islomda nnafratlantirish, Islomdan bezdirish ma'nolarini bildiradi. Bu fitnaning boshida uchinchi (ko‘rinmas) qo‘lning borligini ham bilishi kerak. Hadisi sharifda aytiladiki, “...o‘ldiruvchi nima uchun o‘ldirganini, o‘ldirilgan nima sababdan o‘lganini bilmaydigan kun kelmaguncha qiyomat bo‘lmaydi”. O‘sib kelayotgan yoshlarni turli yot oqimlardan asrab avaylash, ularda zamonaviy ma'naviy immunitetni shakillantirish yurtimiz kelajagining eng asosiy poydevoridir.    Yurtimiz kelajagi yoshlarimiz qo‘lida ekan, ularni har xil  fitnalardan ogohlantirishimiz bizning birinchi vazifamizga aylanishi kerak.

 Abdulhabib AMIROV - Urgut tumani “Murod ota” jome masjidi imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 20/01/2020 16:57;   Ko‘rilganligi: 1141
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/fitnalardan-uzoq-bolaylik
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 14:23
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing