O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

FITNA – QOTILLIKDAN HAM YOMON

 
 

      Bugungi kunda shiddat bilan rivojlanayotgan sohalardan biri bu ijtimoiy tarmoqlardagi axborot oqimidir. Internet katta imkoniyatlar maydonidir. Qancha ma'lumotlar kerak bo‘lsa bir necha lahzada ko‘z oldingizda namoyon bo‘ladi. Aqlini ishlatgan inson o‘ziga kerakli bo‘lgan, dunyo va oxiratiga foydali bo‘lgan, ilmini ziyoda qiladigan ma'lumotlarni oladi. Biroq, ko‘ngilni xira qiladigan, asablarni qaqshatadigan ma'lumotlar borgan sayin ko‘paymoqda va mana shu ma'lumotlar boshqalariga qaraganda tezlik bilan tarqalayotganini guvohi bo‘lmoqdamiz.  Shu ma'lumotlarni o‘qiyotgan kishilar internetda aytilgan bo‘lsa xaqiqat deb ishonishmoqda.

       Afsuslanarli tomoni shundaki, Yurtimizdan chiqqan olimlar, imomlar, rahbarlarimizga nisbatan tuhmat, bo‘hton va uydirma ma'lumotlar ko‘paymoqda. Bilib bilmasdan ularning nog‘orasiga o‘ynayotganlar ham oramizda uchrab turgani achinarli holat.

      Birodarlar, boltaning sopini o‘zimizdan chiqarishga o‘rinayotgan, xalqimizning eng obro‘li kishilarini xaqorat qilayotgan, oramizga adovat urug‘ini sochayotgan kishilarni  fitnasiga uchib qolmaylik.  

      Zero, olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir. Oyati karimalarda ham Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo‘rqarlar(Fotir, 28), deb marhamat qilingan. Olimlarni hurmat qilish Payg‘ambarni hurmat qilish bilan teng. Asosiysi, nima bo‘lganda ham mana shu Yurt o‘zimizniki. Uning yutig‘i-yu kamchiliklari ham o‘zimizniki. Xulosa chiqarishga shoshilmaylik. Hadisda “Eshitgan narsasini gapiravergan kishi yolg‘onchi ekanligiga kifoya qiladi” deb marhamat qilinadi. Atrofimizda bo‘layotgan hodisalardan chuqur mulohazadan so‘ng xulosa chiqarish lozim. Har bir eshitgan gapga ishonaverish, so‘ng uni boshqalarga aytish odamlar orasida fitna-fasodni keltirib chiqaradi. Fitna esa qotillikdan ham ko‘ra yomonroqdir.

Alijon YAQUBOV - Ishtixon tuman bosh imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 05/12/2019 15:45;   Ko‘rilganligi: 290
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/fitna-qotillikdan-ham-yomon
Chop etilgan vaqti: 15/08/2020 09:56
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing