O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

FIRQALANISH ISLOMDAN EMAS!

 
 

Islom bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatayotgan ekstremizmning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixning muayyan davrida ustuvor bo‘lgan ko‘plab omillar, turli jarayonlarning o‘zaro ta'sirlashuvining natijasi deb tushunish mumkin. O‘rganish, din niqobi ostida paydo bo‘lgan ekstremistik harakatlarning g‘oyaviy ildizlari islom tarixining birinchi asriga borib taqalishini ko‘rsatadi.

Tarixiy manbalarda mazkur oqimlarning tarqalishi, faoliyati va o‘ziga xos yo‘nalishlari batafsil tahlil qilingan. Shuni alohida ta'kidlash joizki, bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan deyarli barcha ekstremistik guruhlar o‘sha oqimlarga xos xususiyatlarni o‘zida jamlagan holda, ular qo‘llagan uslub va g‘oyalardan keng foydalanib kelmoqda.

Islom niqobidagi ekstremizmning ilk vakillari sifatida 657 yili xalifa Ali (roziyallohu anhu) askaridan ajralib chiqqan, o‘zlarini haqiqiy musulmon, saflariga qo‘shilmaganlarni “dindan qaytgan” deb e'lon qilib, ularga qarshi murosasiz kurash olib borgan “xorijiylar” (arabcha-“ajralib chiqqanlar”, “isyonchilar”) diniy-siyosiy oqimi faoliyati fikrimizning isboti bo‘la oladi.

Demak, islomda dastlab paydo bo‘lgan firqa xorijiylardir. Boshqa dinlarda bo‘lgani kabi, musulmonlari ichida ham firqalar bo‘lgan. Payg‘ambar Muhammad (alayhissalom) aytganlaridek, Islom diida 73 ta firqaga bo‘linish yuz beradi. Ularning bittasigina to‘g‘ri yo‘lda, qolganlari esa, zalolatda hisoblanadi. Qur'on oyatlari va hadislarda ham firqalargi bo‘linmaslikka  buyuriladi. Zero, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek: “Asrimiz vabosi bo‘lmish bu jirkanch illatning faqat shafqatsiz ko‘rinishlarini emas, balki ildizlariga yetib borib, jamiyat hayotidan, dunyo xalqlari hayotidan uni tag-tomiri bilan sug‘urib tashlash- barcha davlatlarning eng dolzarb vazifasi bo‘lish kerak, bu yo‘lda barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilishimiz, qattiq kurash olib borishimiz shart”.

O‘MI Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov


Kiritilgan vaqti: 26/03/2020 15:49;   Ko‘rilganligi: 1039
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/firqalanish-islomdan-emas
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 13:14
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing