Долзарб мавзу

OLIM BO‘LISHGA INTILISH LOZIM!

Islom dini – musulmonni ilm olishga, ma'rifatli bo‘lishga targ‘ib qiluvchi din. Bashariyat hamisha ilm bilan aziz bo‘lgan.
Hamshaharimiz, vatandoshimiz, buyuk bobokalonimiz bo‘lgan Abu Mansur al-Moturudiy hazratlari imom Buxoriy rohmatullohi a'layh hazratlari vafot etgan yilda bu kishi dunyoga kelganlar.

 

Alloh taolo musulmonlarni hech bir ishga bexikmat buyurmaydi

Dinimizda oilaga katta e'tibor berilib, uni qanday tashkil qilish, uning boshlig‘i kim bo‘lishi, huquqlari, farzand tarbiyasi a'zolari o‘rtasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklarni muolaja qilish, umuman oilaviy hayotning barcha masalalariga javob berilgandir.

Albatta, oila insonlarning baxtu saodatini ta'minlovchi qo‘rg‘ondir, shuning uchun jamiyatning bir bo‘lagi bo‘lgan oilada er rahbar hisoblanadi.

 

Islom ilm-fan mayog‘i

Quroni karim va sunnati nabaviya, umuman islom dini ilm-fanning, taraqqiyotning manbasidir. Ayrim johillar esa islomni fanga va taraqqiyotga qarama-qarshi qo‘yadi. Quron va sunnat insoniyatni zulmatlardan nurga chiqishga undadi. Ilm olishni birinchi farz qilib qo‘ydi. Ko‘plab oyati karima va hadisi shariflarda ilm-fanning asosiy qoidalarini bayon qildi. Islom ahkomlariga amal qilishning o‘zi hamma fanlarni o‘rganishga ehtiyoj tug‘dirdi. Shuning natijasida fan rivojlanib, dunyoning hamma sohalarda taraqqiyot etishi uchun imkon yaratdi.

 

Giyohvandlik insonni Alloh buyurganiday halol yashashdan mahrum etadi

Giyohvandlik insonni Alloh buyurganiday halol yashashdan mahrum etadi, uning odamlar orasidagi obro‘sini yo‘qotadi, oilasini parokandalik botqog‘iga otadi, sog‘ligiga jiddiy putur yetkazadi, o‘zini esa jinoyat yo‘liga boshlaydi. Eng fojialisi, Alloh bergan hayot ne'matining zavolga uchrashi, erta o‘lim topishi kabi kulfatlarga uchraydi. Bugungi kunda giyohvandlik balosi chegara, o‘lchov, miqyos bilmaydigan bir holatga keldi. Uning kasofatidan Yer yuzida millionlab insonlar hayot bilan erta vidolashmoqda, sog‘lig‘idan ajramoqda, oilalar buzilib ketmoqda.

 

Mo‘minning hayotida mazhabning o‘rni

Bugungi kunda Islom dinining asl mohiyatiga ko‘ra hayot kechirayotgan musulmonlar  orasida ixtilof va nizolarga sabab bo‘layotgan  “bemazhablik” tushunchasi bilan tanishib chiqaylik.  Avvalo “Mazhab”  so‘ziga aniqlik kiritib olsak. “Mazhab” so‘zi arab tilida “yo‘l”, “yo‘nalish”, shar'iy istilohda esa “diniy masala bo‘yicha muayyan mujtahid olimning fatvo chiqarish yo‘li” ma'nolarini bildiradi.  Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hayotlik paytlarida shariatga bog‘liq barcha masalalarning yechimini U Zotning o‘zlari bayon qilar edilar. Payg‘ambarimiz alayhissalomning vafotlaridan keyin odamlar bilmagan narsalarini asosan sahobalardan so‘rar edilar. Gohida uchrab turadigan qiyin masalalarni yechish uchun esa eng bilimdon sahobalar yig‘ilib maslahat qilishar va fatvo berishardi.

 

Tinchlik – eng oliy ne'mat!

Tinchlik – bu insoniyatga Alloh taolo tomonidan berilgan eng oliy ne'mat hisoblanadi. Tinchlikning qadriga yetish, uni asrab avaylash bizning zimmamizdagi burchimizdir. Bu barcha payg‘ambarlarning sunnati hamdir. Zero, Hadisi sharifda:“Ikki ne'mat borki, ko‘pchilik insonlar uning qadriga yetmaydilar. U – xotirjamlik va sihat-salomatlik”, deyilgan.

 

Ko‘r ketar ekan bilmay istiqbolda choh, Uni ogoh etmasang sendadir ulug‘ gunoh

Alloh taologa beadad shukrlar bo‘lsinki, yurtimizda tinchlik va osoyishtalik ne'mati barqaror bo‘lib, hayotimiz farovon, turmushimiz osuda davom etmoqda. Istalgan paytda respublikamizning turli hududlariga bemalol sayr qila olamiz. Bu tinchlikning sharofati, albatta.  Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar:“Ikki ne'mat borki, ko‘pchilik odamlar uning qadriga yetmaydilar. U sihat-salomatlik va xotirjamlikdir” (Imom Buxoriy rivoyati).

 

Arab tiliga bo‘lgan e'tibor

Mamlakatimiz huquqiy demokratik va fuqarolik jamiyat qurish yo‘lidan bormoqda. Vatanimiz istiqlolga qadam qo‘ygandan beri o‘tgan yillar xalqimiz va yosh davlatimiz uchun ulkan sinov va yangilanishlar davri bo‘ldi. Bu davrda milliy va diniy qadriyatlarimizni qayta tiklash, ularni kelajak avlod qalbi va ongi-shuuriga singdirishga, shuningdek, barkamol avlodni milliy qadriyatlar bilan birgalikda diniy qadriyatlarga ham sodiqlik ruhida tarbiyalashga katta e'tibor berildi.

 

Isrof haromdir

Albatta, Alloh taoloning ne'matlarini sanab oxiriga yetib bo‘lmaydi. Bu ne'matlarni shukrini qilish har bir bandasiga lozimdir. Buni shukrini qilish eng avvalo bu ne'matlarni isrof qilmasdan foydalanishda ko‘rinadi. Alloh taoloning ne'matlariga qanchalik ko‘p shukr qilsak, ne'matlarini yanada ziyoda qilib berishini, aksincha isrof qilib, noshukurchilik qiladigan bo‘lsak qattiq azoblar bilan azoblashini O‘z kalomida ta'kidlab qo‘yibdi.

 

Oltindan ham qimmatli vaqtni foydali va savobli ishlarni amalga oshirishda sarflaylik

Vaqt shunchalik ahamiyatliki, musulmonning vaqt oldida vazifalari bor. Musulmon kishi ana shu vazifalarni tushunib ado etmog‘i shart. Ular esa quyidagilar:

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing