Долзарб мавзу

Vafodor do‘st

Hasan Basriy rahimahulloh aytadi: “Do‘stu birodarlaringiz bilan yaqin aloqalar o‘rnatingiz, zero, vafodor do‘st nur sochuvchi chiroq kabidir. Uning nurini dunyo sizga tamoman qorong‘u bo‘lgandagina his qilasiz”.

Bir hakim zotdan so‘rashgan ekan: “Hayotingizda ko‘rgan eng chiroyli kishi, eng yaxshi kishi kim?”.

U kishi: “Hamma ayblarimni ko‘ra turib, meni yaxshi ko‘rishda davom etgan odamdan-da chiroylisini ko‘rmaganman”, debdilar.

Adashsangiz sizni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydigan, bilmasangiz o‘rgatadigan, g‘oyib bo‘lsangiz sizni qidirib qoladigan, g‘aflatda qolsangiz sizga Allohni eslatadigan, hayot sizga zulmatli bo‘lganda Alloh taolodan keyin suyanadigan do‘st qidiring!

 

Mustahkam ishonch va do‘stlik ko‘prigi

Ko‘prik qurish, ko‘priksozlik qadim-qadimdan diyorimizda yaxshi an'ana aylangan.

Birgina Qarshi shahridagi ko‘prikni olaylik. Qurilganiga 700 yildan oshgan ushbu ko‘prik qadimda Qashqadaryoning ikki qirg‘og‘ida yashovchi aholini bir-biri bilan bog‘lagan, shu bilan birga xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarga vosita bo‘lgan. O‘rta asrlarda Nasaf orqali Eron va Hindistonni Yevropa bilan bog‘lagan muhim karvon yo‘llari o‘tgan. Shu bois bu voha asrlar davomida gullab-yashnagan.

 

Do‘stimga ochiq xat

Do‘stim, senga xat yozishga bir necha marta chog‘landim. Lekin jur'at qilolmadim. Seni oxirgi marta ko‘rganimdan so‘ng xat yozish qarorim qat'iylashdi va qo‘limga qalam oldim.

Aziz do‘stim, yoshlik davrimizni unutmagandirsan. Esingda bo‘lsa, do‘stlar bir das­turxon atrofida o‘tirib gurung qilardik. Bugun esa hamma o‘rtoqlar bor-u, sen kamnomasan. Oxirgi paytlarda do‘stlar bilan seni to‘g‘ri yo‘lga boshlashga harakat qilyapmiz. Ammo sen dinu diyonat haqida so‘z borsa, gapni boshqa yoqqa burasan. Yoki solih kishilarga tosh otish, masxaralash payidan bo‘lasan. Nahot, o‘rtoqlarimizning qanchasi hidoyat topganini ko‘rib turib ham tan olging kelmaydi?!

 

Alloh taologa iymon

Inson uchun eng birinchi vazifa va burch Alloh taologa iymon keltirishdir. Allohga iymon keltirish bo‘lmas ekan, iymon keltirish lozim bo‘lgan boshqa narsalarga ham iymon bo‘lmaydi. Kishi hamma narsani yolg‘iz Alloh taolo yaratganini, Undan o‘zgaga sig‘inib bo‘lmasligini, U komil sifatlar bilan sifatlanganini, ayb-nuqsondan pokligini qalbi bilan tasdiqlab, tili bilan iqror bo‘lsagina Alloh taologa iymon keltirgan bo‘ladi.

 

Jannatiy jonivor

«(Ey Muhammad!) Rabbingiz asalarilarga vahiy (buyruq) qildi: “Tog‘larga, daraxtlarga va (odamlar) barpo qiladigan narsalarga in quringiz”. Ularning qorinlaridan odamlar uchun shifo bo‘lgan turli rangdagi sharbat (asal) chiqur. Albatta, bunda fikr yuritadigan qavm uchun alomat bordir» (Nahl surasi, 68–69-oyatlar).

Oyati karimadagi “vahiy” so‘zini mufassir ulamolar: “Alloh taoloning asalarilarga ilhom berishi, yo‘l ko‘rsatib, tog‘larga, daraxtlarga va odamlar quradigan inshootlarning shiftlariga in qurishi uchun buyruq berishidir”, deyishgan (“Tafsiri Ibn Kasir”).

 

Odamlarga yaxshi gaplar ayting!

Odamlarga xitob qilayotganingizda eng chiroyli so‘zlardan foydalanib, chiroyli tarzda gapiring. Zero, Alloh taolo marhamat qiladi: “Odamlarga yaxshi gaplar aytingiz” (Baqara surasi, 83-oyat).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Yarimta xurma bilan bo‘lsa ham o‘zingizni do‘zaxdan saqlang. Agar kimki buni topolmasa, shirin so‘z bilan!”.

Gapingiz orasida to‘xtab-to‘xtab, shoshmasdan gapiring, toki eshitayotgan odam maqsadingizni tushunsin, uning mag‘zini chaqsin!

 

G‘oyibona duo qilish

Cavol: Birovlarni ko‘p g‘oyibona duo qiladigan inson yaxshi inson bo‘ladimi yoki ko‘p g‘oyibona duo qilinadigan insonmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Albatta, ikkisida ham yaxshilik bor. Lekin hadisi shariflarda birovlarni g‘oyibona duo qilishga alohida targ‘ib qilingan.

 

Hamma bir kishi uchun...

Dadam yoshligimizdan bizni muammolarimizni birga hal qilishga o‘rgatganlar. Oilada qaysi birimiz bo‘lsa ham, muammoli vaziyatga duch kelsak, dadam farzandlarining hammasini to‘plar edilar va “Ukalaringizning shunday-shunday muammolari bor ekan, kelinglar, unga qanday yordam berishni o‘ylab ko‘raylik” deb barchani fikrlashga chaqirardilar. O‘sha muammolarning aksariyati dadamning bir o‘zlari yechim topa oladigan muammolar edi. Lekin dadam bizni muammo xoh katta bo‘lsin, xoh kichik bo‘lsin, mushkul vaziyatda jigarlarni tashlab qo‘ymaslikka, qo‘ldan kelganicha bir-birimizga yordamga shoshilishga o‘rgatdilar.

 

Savobi ulkan amal!

Sahobalar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlari keng yoyilishida beqiyos xizmat qilishgan. Bu bejizmas. Chunki Payg‘ambarimiz alayhissalom bunday deganlar: “Me­ning gapimni eshitib, yodlab, singdirib, so‘ngra qanday eshitgan bo‘lsa, ana shunday yetkazgan odamni Alloh ne'matlantirsin” (Imom Termiziy rivoyati)

 

Shabon oyi - gunohlar o‘chiriladigan, g‘ayb alomatlari oshkor bo‘ladigan ulug‘ oyga kirishdir.

Fazilatli oylardan biri sha'bonda qilingan xayrli amallarning ajri juda ulug‘dir. Ayniqsa, bu oyning birinchi yarmida nafl ro‘za tutish nihoyatda savoblidir.

Sha'bon oyining 14-dan 15-ga o‘tar kechasi eng fazilatli tunlardan biridir. Bu kechani "Baroat kechasi" deyiladi. Baroat kechasida bir yil ichida bo‘lajak ishlar haqida qazoyu hukm qilinib, ajal va umr belgilanadi va amal sahifalari Alloh taoloning huzuriga ko‘tariladi. Shu kuni Alloh taoloning rahmati yer yuziga yog‘iladi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing