Долзарб мавзу

Ko‘krak sutining ahamiyati, uni erta to‘htashish sabablari va yechimlari to‘g‘risida mutahassislar fikri

Ko‘krak suti bilan boqish – bu ona o‘z bolasiga berishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi narsadir. Uning bor muhabbati va g‘amxo‘rligi har kuni farzandiga ko‘krak tutganida suti bilan birga quyilib keladi. XXI asrda texnologiyalar va sanoat rivojlanishi yuqori darajada bo‘lishiga qaramasdan, hozirgacha ona sutining o‘rnini bosadigan xech narsa o‘ylab topilmagan.

 

Ramazon — mehr-muruvvat, xayru saxovat oyi

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Xalqimiz hayotida ma'naviy poklik, mehr-oqibat, xayru saxovat fazilatlari sayqallanadigan muborak Ramazon oyining ahamiyati beqiyos. Yurtdoshlarimiz ushbu muborak oyni doim katta quvonch ila kutib oladi. Oila va mahallalarda o‘zaro mehr-oqibatni mustahkamlash, yosh avlodni bilim-ma'rifat sohiblari etib tarbiyalash, ehtiyojmand insonlarga yordam ko‘rsatish kabi savobli amallarni ixlos bilan ado etishga intiladi.

 

ISTIG‘FORNING 72 ta XISLATI:

1. Alloh taologa itoatgo‘y banda istig‘for aytadi.
2. Istig‘for aytgan banda payg‘ambarlar, solihlar yo‘lidan yuradi.
3. Istig‘for aytuvchi odam imon halovatiga erishadi.
4. Istig‘for bandani gunohlardan poklaydi.
5. Istig‘for aytuvchining gunohlari savobli ishlarga almashtiriladi.
6. Istig‘for aytuvchiga ne'matlar ko‘paytirib beriladi.

 

Vafodor do‘st

Hasan Basriy rahimahulloh aytadi: “Do‘stu birodarlaringiz bilan yaqin aloqalar o‘rnatingiz, zero, vafodor do‘st nur sochuvchi chiroq kabidir. Uning nurini dunyo sizga tamoman qorong‘u bo‘lgandagina his qilasiz”.

Bir hakim zotdan so‘rashgan ekan: “Hayotingizda ko‘rgan eng chiroyli kishi, eng yaxshi kishi kim?”.

U kishi: “Hamma ayblarimni ko‘ra turib, meni yaxshi ko‘rishda davom etgan odamdan-da chiroylisini ko‘rmaganman”, debdilar.

Adashsangiz sizni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydigan, bilmasangiz o‘rgatadigan, g‘oyib bo‘lsangiz sizni qidirib qoladigan, g‘aflatda qolsangiz sizga Allohni eslatadigan, hayot sizga zulmatli bo‘lganda Alloh taolodan keyin suyanadigan do‘st qidiring!

 

Mustahkam ishonch va do‘stlik ko‘prigi

Ko‘prik qurish, ko‘priksozlik qadim-qadimdan diyorimizda yaxshi an'ana aylangan.

Birgina Qarshi shahridagi ko‘prikni olaylik. Qurilganiga 700 yildan oshgan ushbu ko‘prik qadimda Qashqadaryoning ikki qirg‘og‘ida yashovchi aholini bir-biri bilan bog‘lagan, shu bilan birga xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarga vosita bo‘lgan. O‘rta asrlarda Nasaf orqali Eron va Hindistonni Yevropa bilan bog‘lagan muhim karvon yo‘llari o‘tgan. Shu bois bu voha asrlar davomida gullab-yashnagan.

 

Do‘stimga ochiq xat

Do‘stim, senga xat yozishga bir necha marta chog‘landim. Lekin jur'at qilolmadim. Seni oxirgi marta ko‘rganimdan so‘ng xat yozish qarorim qat'iylashdi va qo‘limga qalam oldim.

Aziz do‘stim, yoshlik davrimizni unutmagandirsan. Esingda bo‘lsa, do‘stlar bir das­turxon atrofida o‘tirib gurung qilardik. Bugun esa hamma o‘rtoqlar bor-u, sen kamnomasan. Oxirgi paytlarda do‘stlar bilan seni to‘g‘ri yo‘lga boshlashga harakat qilyapmiz. Ammo sen dinu diyonat haqida so‘z borsa, gapni boshqa yoqqa burasan. Yoki solih kishilarga tosh otish, masxaralash payidan bo‘lasan. Nahot, o‘rtoqlarimizning qanchasi hidoyat topganini ko‘rib turib ham tan olging kelmaydi?!

 

Alloh taologa iymon

Inson uchun eng birinchi vazifa va burch Alloh taologa iymon keltirishdir. Allohga iymon keltirish bo‘lmas ekan, iymon keltirish lozim bo‘lgan boshqa narsalarga ham iymon bo‘lmaydi. Kishi hamma narsani yolg‘iz Alloh taolo yaratganini, Undan o‘zgaga sig‘inib bo‘lmasligini, U komil sifatlar bilan sifatlanganini, ayb-nuqsondan pokligini qalbi bilan tasdiqlab, tili bilan iqror bo‘lsagina Alloh taologa iymon keltirgan bo‘ladi.

 

Jannatiy jonivor

«(Ey Muhammad!) Rabbingiz asalarilarga vahiy (buyruq) qildi: “Tog‘larga, daraxtlarga va (odamlar) barpo qiladigan narsalarga in quringiz”. Ularning qorinlaridan odamlar uchun shifo bo‘lgan turli rangdagi sharbat (asal) chiqur. Albatta, bunda fikr yuritadigan qavm uchun alomat bordir» (Nahl surasi, 68–69-oyatlar).

Oyati karimadagi “vahiy” so‘zini mufassir ulamolar: “Alloh taoloning asalarilarga ilhom berishi, yo‘l ko‘rsatib, tog‘larga, daraxtlarga va odamlar quradigan inshootlarning shiftlariga in qurishi uchun buyruq berishidir”, deyishgan (“Tafsiri Ibn Kasir”).

 

Odamlarga yaxshi gaplar ayting!

Odamlarga xitob qilayotganingizda eng chiroyli so‘zlardan foydalanib, chiroyli tarzda gapiring. Zero, Alloh taolo marhamat qiladi: “Odamlarga yaxshi gaplar aytingiz” (Baqara surasi, 83-oyat).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Yarimta xurma bilan bo‘lsa ham o‘zingizni do‘zaxdan saqlang. Agar kimki buni topolmasa, shirin so‘z bilan!”.

Gapingiz orasida to‘xtab-to‘xtab, shoshmasdan gapiring, toki eshitayotgan odam maqsadingizni tushunsin, uning mag‘zini chaqsin!

 

G‘oyibona duo qilish

Cavol: Birovlarni ko‘p g‘oyibona duo qiladigan inson yaxshi inson bo‘ladimi yoki ko‘p g‘oyibona duo qilinadigan insonmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Albatta, ikkisida ham yaxshilik bor. Lekin hadisi shariflarda birovlarni g‘oyibona duo qilishga alohida targ‘ib qilingan.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing