Maqolalar

Yoshlar tarbiyasida ota-ona mas'uliyati

Bugungi yoshlarimiz tarbiyasi haqida juda ko‘p gapiriladi. Chunki tarbiya inson kamoloti davrida muhim o‘rin egallaydi. Ko‘z quvonchi bo‘ladigan farzand o‘stirish uchun ota-ona bolaga e'tibor ko‘rsatishi, nozik niholdek asrab avaylashi, tarbiyalashi zarur. Uni barcha yomon illatlardan himoya qilib, faqat yaxshiliklar ila yetaklab, yaxshiliklar bilan tarbiyalashi kerak. Bola ota-ona uchun bir imtihon. Bu sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishning bosh omili esa bolani go‘zal axloq egasi qilib tarbiyalashdir.

 

Solih amallar lazzati va uning hayotimizdagi ta'siri

Bizlarni islomga hidoyat qilgan, qalblarimizni iymonga ochgan va O‘zining toatiga yordam va ilhom ila muvaffaq qilgan Alloh taologa hamdu sano bo‘lsin.

Rahmonning toatidan lazzat topganlarning eng yaxshisi, U Zotning habibi Muhammad Mustafoga salotu salomlarimiz bo‘lsin.Ammo ba'd:

Sizlarni va o‘zimni Allohdan taqvo qilishga vasiyat qilaman. Zero, bu Alloh taoloning mo‘min bandalariga vasiyatidir. “Menga taqvo qiling, ey aql egalari!” (Baqara 197-oyat)

 

“Kitob as-savod al-a'zam” katta jamoa – ahli sunna val jamoa e'tiqodiga oid kitob bo‘lib, mashhur olim Hakim Samarqandiy tomonidan yozilgan.

“Kitob as-savod al-a'zam” katta jamoa – ahli sunna val jamoa e'tiqodiga oid kitob bo‘lib, mashhur olim Hakim Samarqandiy tomonidan yozilgan.

 

“Hizbut tahrir” – zalolatga boshlovchi firqa

“Hizbut-tahrir” partiyasi Islom dushmanlari tomondan musulmon jamiyatlarini parchalash uchun tashkil etilgan diniy-siyosiy oqimdir. Rahnamolari, asosan, g‘arb mamlakatlaridan panoh topuvchi bu toifaning muassisi Taqiyuddin Nabahoniy (1909–1977) bo‘lib, u 1948 yili guruhga asos solgan.

“Hizbchilar” ushbu firqani tuzish go‘yoki Islom ummatiga Qur'oni karimning “Oli Imron” surasi, 104-oyatining talabi bilan farz ekanligidan kelib chiqadi, deb da'vo qilishadi. Vaholanki, Islom tarixida Muhammad sallallohu alayhi vasallamdan keyin “xulofoi roshidinlar”, umaviylar, abbosiylar va oxirgi usmonli xalifalar davrigacha hech bir zamonda ushbu oyatga amal qilish maqsadida alohida firqa tuzib, bir kishini unga amir etib saylash haqida fikr o‘rtaga tashlanmagan.

 

Salafiylik aslida nima...?

So‘ngi yillarda ommaviy axborot vositalari orqali va ko‘plab internet saytlarida hamda ba'zi ahli ilmlar orasida salaflar va salafiylik haqida turli xil gap so‘zlar tarqalmoqda. Aslida “Salaf” so‘zi arabcha so‘z bo‘lib lug‘atda “avvalgilar”, “ajdodlar” va “avval yashab o‘tganlar” ma'nosini bildiradi. Istilohda esa ma'lum bir davrga va ma'lum bir insonlarga aytiladi. Hadisi sharifda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam «Zamonni yaxshisi mening zamonimdir, so‘ng ularga yaqin bo‘lganlarning zamoni, so‘ng ularga yaqin bo‘lganlarning zamonidir» - deb marhamat qilganlar.

 

Muallim! Mudarris! Murabbiy! Bu so‘zlar naqadar sermazmundir.

Bu so‘zlarni eshitganda qalblar, ko‘ngillar yorishib ketadi. Zero, esimizni tanigan ilk onlarimizdan boshlab aynan ana shunday zotlar bizning qo‘limizdan tutib kelmoqda. Bu haqda Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallamning o‘zlari: “Albatta, men muallim qilib yuborilganman”, – deganlar (Imom Ibn Moja rivoyati). Mana shuning o‘zi ham muallimlik, ustozlik qay darajada yuksak martaba ekanligini ko‘rsatadi. Darhaqiqat, o‘zgalarga ilmu ma'rifat ziyosini tarqatish naqadar savob ish. Bu vazifaga mutasaddi bo‘lgan kishining darajasi ham mislsiz. Shuning uchun ham borliqdagi hamma narsa ustozning haqqiga duo qilib turadi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam bu haqda shunday marhamat qilganlar: “Albatta, Alloh taolo, Uning farishtalari, osmonlaru yer ahli, inidagi chumoli,  hattoki, dengizdagi baliq ham odamlarga yaxshilikni ta'lim beruvchiga salovot aytadilar” (Imom Termiziy rivoyati).

 

USTOZ - QALB ME'MORI

Dono xalqimizda azaldan “Ustoz otadek ulug‘” degan purma'no hikmat bor. Chunki insonning ota-onasi uning vujudiga sabab bo‘lsa, ustoz vujudning asosi bo‘lmish aql-idrok, ongu-shu'ur va ta'lim-tarbiya rivoji uchun sababdir. Bir so‘z bilan aytganda ustoz inson qalbining me'moridir. Alloh taolo Qur'oni karimda:

“U kunda na molu davlat, na bola-chaqa foyda bermas. Lekin ( u kunda) Alloh huzuriga sog‘lom qalb bilan kelgan kishilargagina (foyda berur) (Shu'aro surasi 88-89-oyatlar)

 

ISLOM DINI VA MILLIY QADRIYATLARIMIZDA USTOZLARGA MUNOSABAT

Haqiqatan ham, har bir murg‘ak bolani o‘z farzandidek ardoqlab, yosh avlod tarbiyasi uchun ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar tom ma'noda fidoiy kasb egalaridir.”[1]  Shavkat Mirziyoev.

Darhaqiqat, ustoz-murabbiylar jamiyat ertangi kunining bunyodkorlaridir. El-yurtning moddiy va ma'naviy taraqqiyoti ustozlarning mehnati va jamiyatning ularga nisbatan nechog‘lik qadrlashiga  bevosita bog‘liqdir.

 

OTA-ONA FARZAND TARBIYASIDA MAS'UL SHAXS

Farzand Alloh taolo tomonidan berilgan buyuk ne'mat bo‘lib, har bir ota-ona bu ne'matni qadriga yetib, haqqini ado qilishi zarurdir. Dinimizda farzand tarbiyasiga katta ahamiyat berilgan bo‘lib, uni farzand hatto dunyoga kelmasdan oldin boshlash kerakligi bir qancha kitoblarimizda bayon qilingan. 
Rivoyat: Ibn Sino qishloqda yashab, tabiblik qilar ekan. Kunlardan bir kun shu qishloqlik bir yigit bilan bir qiz turmush  qurishibdi. Ular yaxshi hayot kechirishibdi. Oradan to‘qqiz oyu to‘qqiz kun, to‘qqiz soatu  to‘qqiz daqiqa o‘tgach, farzand ko‘rishibdi. Biroz vaqtdan so‘ng, ular bir-biriga maslahat qilishibdi. Bolamizni qanday tarbiya qilamiz? Uni shunday tarbiya qilaylikki, katta bo‘lganda el-yurtga foydasi tegadigan chin inson bo‘lsin, debdi eri.

 

Mehr - oqibat dinimiz ko‘rsatmasi

Muqaddas dinimizda o‘zaro mehru oqibat bilan hayot kechirish targ‘ib etiladi. O‘z navbatida bu imonning mustahkamligini ta'minlovchi omildir.

Alloh taolo Baqara surasida shunday marhamat qiladi:”Yaxshilik qilinglar.Zero,Alloh taolo yaxshilik qiluvchilarni yaxshi ko‘radi”.  

Keyingi paytlarda el-yurt manfaati yo‘lida aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush darajasini o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida katta ishlar qilindi. Bu xayrli tadbir izchil davom etyapti.

 

Belingda belbog‘ing bormi, Bek?..

Xalqimizning juda ko‘p ibratli udum va odatlari bor. Shulardan biri belbog‘ bilan bog‘liq qadriyat. Xalqimiz o‘g‘il farzandining beliga hali bola yoshidan belbog‘ bog‘laydi. El orasida “erkak kishining belida belbog‘i bo‘lsin”, degan gap ham yuradi. Bu esa erkak bu hayotda el-yurt koriga kamarbasta, oila ravnaqi, farzandlar tarbiyasi uchun mas'ul ekanining ifodasi. U Olloh tomonidan yerda xalifa etib tayinlangan zot va unga el-yurt ravnaqi, oila faravonligini ta'minlash, farzandlar tarbiyasiga sobit turish vazifasi yuklangan. Beliga belbog‘ bog‘lashi shundan.

 

Ichimizdagi yovuz bo‘rini o‘ldirish fursati keldi: ko‘zingni och, vatandosh!

TAHLIL VA TAQQOS

Yer kurrasidan 5,5 million kilometr naridan uchib o‘tadigan meteorit ham bugun bizni tahlikaga sola oladi. Nega? Chunki jon shirin...

To‘rt oy avval Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida janjallar boshlanganida ko‘pchilik yurak hovuchlab o‘tirdi. Biz bu taloto‘plarning ichidamidik? Yo‘q! Ammo xavotir hissi fitratimizda bor...

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing