Maqolalar

Zahiriddin Muhammad Boburning ichkilikka qarshi farmoni

“Bu orzu va bu osoyishtalik to‘la-to‘ks oxiriga yetgandan keyin, olam bo‘ysunishi lozim bo‘lgan farmon ijro sharafiga erishdiki, tinch saqlangan mamlakatda (xudo ofat va xavflardan omon qilsin) mutlaqo hech bir kishi ichkilik ichishga urinmasin, uni hosil qilishga tirishmasin, ichkilik yasamasin, sotmasin va olmasin, o‘zida saqlamasin, eltmasin va keltirmasin: Ichkilikdan qochinglar, shoyadki najot topsanglar. 

 ... Podshohning mehribonligiga sig‘ingan turk, tojik, arab, ajam, hindi, forsiy fuqaro va sipoh – butun millatlar, hamma inson toifalari bu mangu baxshishga suyanib, umid tutib, abadiylikka birikkan davlatimiz duosiga mashg‘ul bo‘lsinlar va bu hukmlar ijrosidan tashqari chiqmasinlar va burilmasinlar, farmonga muvofiq ish olib borsinlar.

Bu hukm ulug‘ podshoh imzosi bilan yetishsa, e'timod qilsinlar. 

 Amri oliy bilan 932 yil 24 jumadul-avvalda yozildi”.

 

«Nega duolar ijobat bo‘lmayapti?»

Ibrohim ibn Adham rohimahulloh Basra bozorlarining biridan o‘tib ketayotganlarida, insonlar u kishi oldiga toplandilar va "Ey Is'hoqning otasi! Aytingchi, nechuk duolarimiz mustajob bo‘lmayabdi?", deb so‘radilar. U kishi:

- Chunki, qalbingiz 10 narsa sababli o‘lib bo‘ldi! dedi.

Ular: Nimalar ekan-u?  deya so‘radilar. 

Shunda Ibrohim ibn Adham javob berdi:

- Sizlar Allohni tanidingiz, biroq Uning haqlarini ado etmadingiz!

- Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasalmni yaxshi ko‘rishinglarni idd!o qildinglar, biroq sunnatini tark qilib qo‘ydinglar.

- Qur'onni o‘rgandinglar, biroq unga amal qilmadingiz!

- Allohning ne'matlaridan bahramand bo‘ldingiz, ammo shukr keltirmadingiz!

- Shaytonni esa dushmaningiz ekanini aytdingz-u, uni vasvaslariga muvofiq bo‘laverdingiz!

- Jannatni haq ekanini aytdingiz, lekin unga yetishish uchun amal qilmadingiz!

- Do‘zahni ham haqligini aytib, undan qochmadingiz!

- O‘limni haq ekanini ayta turib, unga tayorgarlik qilmadingiz!

- Uyqudan turib-la,  insonlarning ayblari bilan mashg‘ul bo‘lib, o‘zingizning ayblaringizni tashlab qo‘ydingiz!

- O‘liklaringizni ko‘mdingiz, ammo ibrat olmadingiz!..

Qudratulloh Ahmad

Manba: Azon.uz

 

ALLOH TAOLO YOYOLLARGA YAXSHILIK QILISHNI BUYURDI

Rasululoh sollallohu alayhi vasallamning “Vidolashuv haji”da sahobiylarga qarata ayollar haqida quyidagicha vasiyat qilgan edilar: “Ayollar borasida Allohdan qo‘rqinglar. Chunki sizlar Allohning omonati ila ularni qo‘lga kiritdingiz va Allohning kalimasi bilan ularning farjlarini o‘zlaringizga halol qilib oldingiz” (Buxoriy rivoyati). Dunyoning yarmiga hukmronlik qilgan Sohibqiron Amir Temur tuzuklarida "Ayollarga imkon qadar iliq muomalada bo‘lishga harakat qildim" deb yozgan edi. Demak, shunday ulug‘ zotlar ayollarni e'zozlagan ekan, bugungi kunda ayollarga past nazar bilan qarab, ularga zo‘ravonlik qilayotgan erkaklar qayerdan paydo bo‘lyapti?  Bunday kishilarni kim deb atash mumkin? Yana hadislarga murojaat qilamiz.

 

Aqidaviy va fiqhiy mazhablar

Umumislomiy masalalarda mazhablar o‘rtasida katta farqlar uchramasa-da, xususiy hollarda ular o‘rtasida muayyan tafovutlar va o‘ziga xos xususiyatlar uchraydi.

 

Har bir ishdan hikmat izlamoq darkor

Bir qishloqda kambag‘al chol yashagan ekan. Uning bisotidagi yakkayu-yagona chopqir otiga hatto podshohlar ham havas qilishar ekan. Oti uchun juda ko‘p pul taklif qilishsa ham u sotmas edi. Chol: “Bu menga nafaqat ot, balki do‘stim. Do‘stni qanday sotaman?", - der ekan.

 

Sabrning tagi – OLTIN

Sayohatga chiqqan maktab o‘quvchilari ortga qaytayotganida ularning ichidan bir qiz yo‘ldan adashishi oqibatida avtobusga vaqtida yetib kela olmay, qolib ketdi. Nima qilarini bilmagan qiz, eng yaqin uyga borib, eshikni qoqdi. Ichkaridan  chiqqan yigit eshik oldida turgan qizni ko‘rib bir oz ajablangan holda undan “kim siz?” deb so‘radi. Qiz o‘zini talaba ekanligini, bu yerga maktab o‘quvchilari bilan birga avtobusda kelganini, ular bilmasdan qizni qoldirib ketishganni va ortga qaytish yo‘lini bilmasligini birma-bir aytib berdi. Yigit qizga “bu yer bir tashlandiq qishloq, siz bora olmayotgan shaharcha janub tarafda, siz esa shimol tarafdasiz. Bu yerda hech kim yashamaydi. Keling bu kechani shu yerda o‘tkazing, erta tong bilan sizni shaharchangizga eltib qo‘yaman”, dedi.

 

Dinu Davlat Homiysi

                                                            “… Bu ulug‘ amir dinu davlat homiysi, shariat hamda millatning pushti panohidir”
                                                              Davlatshoh Samarqandiy.

 Buyuk o‘zbek shoiri mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy 1441 yil 2 fevral kuni Hirotda tavallud topgan. Alisher Navoiy 4 yoshida maktabga borib, tez savod chiqarib, turkiy va forsiy tildagi she'rlarni o‘qib, yod ola boshlagan. O‘zbek tili bilan bir qatorda forsiy, arab tillarini ham mukammal egallagan. Alisher Navoiy she'riyatga g‘oyat qiziqib, Sharq adabiyotini qunt bilan o‘rgandi. Oila muhiti bolaligidayoq unda adabiyotga zo‘r havas tug‘dirgan edi.

 

Nega temirchining martabasi olimnikidan ustun bo‘ldi?

Muhammad Shafe' Usmoniyning bir hikoyasi bor edi. Abdulloh ibn Muborak rahmatullohi alayhi yetuk faqih, muhaddis va Allohning do‘sti edi. Alloh taolo u kishiga baland martaba ato qilgan edi. Vafot topganida bir kishi tushida u zotni ko‘rdi va: «Alloh sizga qanday muomala qildi?» deb so‘radi.

 

O‘zini salafiy deb nomlab olgan bilan suhbat

-Men, salafiyman!

-Ha, sen avvalgi uch asr vakillaridanmisan? Yoshing ham 1400 da a, shundaymi?

-Yo‘q, men boshqa narsani nazarda tutyapman.

-Sen salafiy deganda salaflarni emas, ularning tutgan yo‘llarini aytmoqchimisan?

 

Mamlakatimizda davlat va din munosabatlari

O‘zbekiston mustaqillikka erishgan ilk yillaridan diniy sohaga o‘zbek xalqining milliy ma'naviyatining ajralmas qismi sifatida alohida e'tibor qaratildi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari quyidagi tamoyillar asosida olib borilmokda:

dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish;

diniy e'tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;

diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham hukuqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta'qib qilishga yӱl qo‘ymaslik;

ma'naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yӱllarini izlash zarurati;

dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yӱl ko‘ymaslikni e'tirof etish.

Mustaqillik yillarida dinning huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatida tutadigan o‘rni va mavqei aniq belgilanib, bu sohada mustahkam qonunchilik poydevori yaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida "diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar",degan demokratik tamoyil mustahkamlab qo‘yilgan. Fuqarolar millati, irqi va dinidan kat'i nazar, teng huquqli ekanligi belgilanib, ularning vijdon erkinligi, urf-odatlari, milliy an'analari hurmat qilinishi kafolatlangan. Ushbu konstitusiyaviy qoida 1998 yil 1 may kuni qabul qilingan yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tӱg‘risida” gi qonunning 5-moddasida ham o‘z ifodasini topgan. Qonunda tarixiy, madaniy, ijtimoiy omillarni hisobga olingan holda davlat va diniy tashkilotlar orasidagi munosabatlar belgilangan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Hech bir dinga yoki diniy e'tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat turli dinlarga e'tiqod qiluvchi va ularga e'tiqod qilmaydigan fuqarolar, har xil e'tiqodlarga mansub diniy , tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi va eksteremizm asosida diniy munosabatlarni keskinlashtirilishiga, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi. Muayyan dinga e'tiqod qiluvchilarni boshqasiga kiritishga qaratilgan prozelitizm va missionerlik faoliyati qonunan man etiladi.

Z.Eshonqulov- O‘MI Samarqand viloyat vakili (manbalar asosida)

 

Tejamkorlik-xasislik emas

Qadim-qadimdan xalqimiz tomonidan asrlar osha e'zozlab kelgan milliy va diniy qadriyatlar o‘ziga xos turfa xil urf odatlar, udumlar va marosimlar ijtimoiy-manaviy hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib qolgan. Afsuslar bo‘lsinki, keyingi vaqtlarda shunday go‘zal marosim, tadbirlarimiz o‘z-o‘zini ko‘z-ko‘z  qilish, dabdabavozlik, isrofgarchilik hamda ortiqcha bidatlarni namoyish etish maydoniga aylandi.

 

Dunyoga kelishga hozirlanayotgan chaqaloq Tangri taolodan so‘radi!

Rivoyat qilishlaricha, dunyoga kelishga hozirlanayotgan chaqaloq Tangri taolodan so‘radi: Ey Allohim, meni dunyoga keltirishing haqida aytishdi. Ammo u yerda qanday yashayman, hali juda kichik va kuchsiz bo‘lsam?

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing